30 noyabr kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana ortib, 154 kishining virusga qarshi topshirgan testi musbat natija berdi (bir kun avval 141 kishida aniqlangandi). Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chorshanba kuni eng ko‘p kasallik doimgidek Toshkent shahrida qayd etildi — 79 kishi. Toshkent viloyatida — 15 nafar, Samarqandda — 10 nafar, Buxoro va Surxondaryoda — 9 kishi, Jizzaxda esa 8 kishi virusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir nafar bemor aniqlangan.

Pandemiya boshlangandan ber O‘zbekistonda rasman 246 392 kishi virusga chalingan.