Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov poraxo‘r shaxslarni suvaraklarga qiyoslab, bu haqda Twitter’dagi sahifasida post joyladi.
«Poraxo‘r shaxslar suvaraklarga o‘xshaydi: yegulik ko‘p joyda paydo bo‘ladi va kamdan-kam hollarda o‘zlaridan keyin tozalab ketadi», — deb yozgan u.
Corrupt persons are like cockroaches: they start up where there is a lot of food and rarely clean up… pic.twitter.com/IUr8EcS7XC
— Akmal Burhanov (@akmalburhanov) November 29, 2022
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, u Antikorrupsiya agentligi devoriga chizilgan «Korrupsiya» deb nomlangan graffitini ham qo‘llab-quvvatlagandi.