DAhO brendi ostidagi zamonaviy majmuaning qurilish loyihasi tasdiqlandi
13 iyul 2023, 11:00

DAhO brendi ostidagi zamonaviy majmuaning qurilish loyihasi tasdiqlandi

Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi arxitektura va shaharsozlik kengashi DAhO ko‘p funksiyali zamonaviy majmuaning qurilish va me’moriy loyihasini tasdiqladi.

Ayrim ta’lim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi
13 iyul 2023, 10:59

Ayrim ta’lim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi

Prezident qarori bilan 2024/2025 o‘quv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Farg‘ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Askiya va qiziqchilik san’ati” yo‘nalishi ochiladi.

G‘azalkentda qotillikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi
13 iyul 2023, 10:59

G‘azalkentda qotillikda gumonlangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida poytaxtning Olmazor tumanida qotillik sodir etganlikda gumon qilingan bir guruh shaxslar ushlandi.

Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda, ammo valyuta kursi o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar ortdi
13 iyul 2023, 10:48

Inflyatsion kutilmalar pasayishda davom etmoqda, ammo valyuta kursi o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar ortdi

O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasaymoqda. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovida biznes va uy xo‘jaliklari kelgusi 12 oy ichida narxlarning oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qilishini qayd etgan.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 650 so‘mga chiqdi. Bu — tarixiy maksimum
13 iyul 2023, 10:10

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 650 so‘mga chiqdi. Bu — tarixiy maksimum

Tijorat banklari 13-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 535−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650 so‘m.

G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi
13 iyul 2023, 10:00

G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi

NATO sammitida “Katta yettilik” davlatlari Ukraina xavfsizligini uzoq muddatda ta’minlashga va’da berdi. Bunda Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotni mustahkamlash, shuningdek, mamlakatga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Qirg‘iziston sudi “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi
13 iyul 2023, 09:39

Qirg‘iziston sudi “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi

Bishkek sudi Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi da’vosi bo‘yicha “Azattiq” radiosini yopish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi — tomonlar kelishuvga erishdi. Nashr mamlakatda 2022-yilda qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro haqida xabar bergani uchun bloklangan, unda, rasmiylarga ko‘ra, “noto‘g‘ri ma’lumotlar” mavjud edi.

12-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
12 iyul 2023, 22:00

12-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonda kamaygan yashillik darajasi, xiyonat qilganga o‘rin yo‘qligini aytgan Mirziyoyev, fuqaroni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar, O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasida gaz uchun to‘lov, eksport cheklovi bekor qilingaya, rekord darajada ko‘p piyoz sotilgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentdagi 19 gektar maydondagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya vazirligi
12 iyul 2023, 21:13

Toshkentdagi 19 gektar maydondagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya vazirligi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgach, Toshkentdagi 19 gektar yerdagi 18 ming daraxt kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Avvalroq bu yerdagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijonga ko‘chirilishi sababli uning o‘rnida zavod qurilishi va daraxtlar kesilishidan xavotirlangan aholi hukumatga murojaat qilgandi.

Roodell kompaniyasi mijozlarga bag‘ishlangan keng ko‘lamli timbilding o‘tkazdi
12 iyul 2023, 19:00

Roodell kompaniyasi mijozlarga bag‘ishlangan keng ko‘lamli timbilding o‘tkazdi

Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi Tiggo 7 Pro xaridorlari uchun musobaqa tashkillashtirdi.

Qozog‘iston prezidenti Ostonaning Toshkentnikiga o‘xshash muammolarini sanab o‘tdi
12 iyul 2023, 18:41

Qozog‘iston prezidenti Ostonaning Toshkentnikiga o‘xshash muammolarini sanab o‘tdi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat poytaxtining ichimlik suvi taqchilligi, issiqlik ta’minoti, kanalizatsiya va “bir xil ko‘rinishdagi quti binolar bilan to‘ldirilgan” me’moriy ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarini sanab o‘tdi. Bularning aksariyati Toshkentga ham taalluqli.

Iyunda Toshkentda avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar soni kamaydi
12 iyul 2023, 18:24

Iyunda Toshkentda avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar soni kamaydi

Toshkentda iyun oyida 14,5 mln ga yaqin kishi jamoat avtobusidan foydalandi. Eng ko‘p yo‘lovchi 8-sonli yo‘nalishida harakatlandi. May oyida esa avtobusda yurganlar soni 16 mln nafardan ortiq edi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish kuzda o‘tkazilishi mumkin
12 iyul 2023, 18:15

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish kuzda o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha delegatsiyasi mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining 7-yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha fundamental hujjatlar to‘plamini tayyorladi. Yig‘ilish sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilishi mumkin.

Qayta tiklanadigan energiya manbasidan foydalanuvchilar qator soliqlardan ozod etilishi mumkin
12 iyul 2023, 17:39

Qayta tiklanadigan energiya manbasidan foydalanuvchilar qator soliqlardan ozod etilishi mumkin

Quyi palata deputatlari qabul qilgan qonunga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etiladi.

“Asakabank” AJ va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Andijonga press-tur uyushtirdi
12 iyul 2023, 17:00

“Asakabank” AJ va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Andijonga press-tur uyushtirdi

“Asakabank” va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Makro Farm Andijan MCHJga tashkillashtirilgan press-tur davomida OAV vakillari ishlab chiqarilgan qator mahsulotlar bilan tanishib chiqdilar.

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi
12 iyul 2023, 16:38

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligi, lekin milliy manfaatlar, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, raqobatbardosh narxlar belgilanganini ta’kidladi.

Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamida 292 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi
12 iyul 2023, 16:22

Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamida 292 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi

G‘allaorol tumanida o‘zganing avtomobil raqamini taqib olib yil davomida 292 marta qoida buzgan Malibu-2 haydovchisi qo‘lga olindi.

Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi
12 iyul 2023, 16:15

Qoraqalpog‘istonda Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi

Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san’at sohasi vakillari va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, gastrol safarlarini moliyalashtirish kabi ishlar uchun Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Unga O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi 2023-yil uchun ajratilgan pullardan 20 mlrd so‘m yo‘naltiradi.

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi
12 iyul 2023, 15:57

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar, jumladan, elektr energiyasi, gaz, aloqa, yo‘llar va aviatsiya bilan bog‘liq sohalarda bosqichma-bosqich mustaqil bozor regulyatorlari instituti joriy etiladi. Raqobat qo‘mitasi 2025-yilgacha bu bozorlardagi tariflarni tartibga solishni ularga topshirishi kerak bo‘ladi.

So‘nggi 5 yilda yashillik darajasi Toshkentda 33, Buxoroda esa 37 foizgacha qisqardi
12 iyul 2023, 15:39

So‘nggi 5 yilda yashillik darajasi Toshkentda 33, Buxoroda esa 37 foizgacha qisqardi

Qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqardi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting