So‘nggi 5 yilda yashillik darajasi Toshkentda 33, Buxoroda esa 37 foizgacha qisqardi

Qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqardi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.

“Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”. Prezident — “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” rahbarlari va boshqalar ishdan olinishi haqida

Prezident “Avtoyo‘l”, “Temir yo‘llar” va “O‘zsuvta’minot” rahbarlari, suv xo‘jaligi va transport vazirlari o‘rinbosarlari ishdan olinganini e’lon qilar ekan, “Xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, dedi. “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “IES” va “O‘zsanoatqurilishbank” rahbarlariga berilgan ogohlantirish “so‘nggisi” ekanini aytdi.

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligi, lekin milliy manfaatlar, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, raqobatbardosh narxlar belgilanganini ta’kidladi.

Iyunda Toshkentda avtobusdan foydalangan yo‘lovchilar soni kamaydi

Toshkentda iyun oyida 14,5 mln ga yaqin kishi jamoat avtobusidan foydalandi. Eng ko‘p yo‘lovchi 8-sonli yo‘nalishida harakatlandi. May oyida esa avtobusda yurganlar soni 16 mln nafardan ortiq edi.

Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Toshkentda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish bo‘yicha navbatdagi urinishning oldi olindi. Buning uchun bir holatda 30 ming dollar, ikkinchisida 3500 dollar va 14 million so‘m talab qilingan.

Toshkentda Janubiy Koreya fuqarolarining uyida bosqinchilik qilganlar ushlandi

Yakkasaroy tumanida ikki ayol va bir erkak Janubiy Koreya fuqarolarining xonadoniga bosqinchilik yo‘li bilan kirib, o‘g‘rilik sodir etdi. Gumonlanuvchilar ushlanib, qamoqqa olindi.

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya magistraturaga qabulni boshladi

Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti qoshidagi Diplomatik akademiyaga yangi o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabuli boshlandi. Qabul 31-iyulgacha davom etadi.

Eksporti cheklovi bekor qilingach, O‘zbekiston rekord darajada ko‘p piyoz sotdi

Eksportga qo‘yilgan cheklov bekor qilingach, O‘zbekiston chetga rekord darajada ko‘p piyoz yubordi. Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 53 foizga ko‘p. Mahsulotning 90 foizi Rossiya va Qozog‘istonga sotilgan.

Jizzaxda o‘g‘irlangan davlat raqamida 292 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi

G‘allaorol tumanida o‘zganing avtomobil raqamini taqib olib yil davomida 292 marta qoida buzgan Malibu-2 haydovchisi qo‘lga olindi.

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor etib belgilandi. Qo‘mita har yili iqtisodiyotda raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida hisobot berib boradi.

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga ekologik huquqbuzarlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi

Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritildi.

Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini oldi. Ularga 66 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish kuzda o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha delegatsiyasi mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining 7-yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha fundamental hujjatlar to‘plamini tayyorladi. Yig‘ilish sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilishi mumkin.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqolalar:

Xavfsiz joylardan — xavfsiz va farovon hamjamiyatlar sari

BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska “Gazeta.uz” uchun maqolasida shaharlarni ayollar uchun xavfsiz qilishga qaratilgan “Umidani chaqiring” sinov loyihasi va shahar infratuzilmasini yaxshilash qanday qilib ko‘chalardagi ta’qib ehtimolini kamaytirishi borasida so‘z yuritdi.

Qanday qilib Niderlandiya universiteti talabasi bo‘lish mumkin? Karina Daulbayeva hikoyasi

2022-yilda Karina Daulbayeva Yevropaning eng mashhur OTMlardan biri — dunyoning Top-50 taligiga kiruvchi Amsterdam universitetiga o‘qishga kirdi. “Xorij diplomi” loyihasi doirasida u qanday qilib Niderlandiyaga ko‘chib o‘tgani, talaba xarajatlari va gollandlarning turmush tarzi haqida so‘zlab berdi.