Ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarni mashinadan tushirib, yerga yiqitgani aks etgan video tarqaldi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, video 26-iyun kuni Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida olingan.

Videoda xodimlarning fuqarolarga kuch ishlatganini ko‘rish mumkin.

Matbuot kotibi ushbu holatda jinoyat qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir etilgan qotillikda gumon qilingan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinganini bildirdi.

Hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda ishga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmaydi, — deya qo‘shimcha qildi IIV vakili.