9-iyul kuni Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori Roodell kompaniyasi Tiggo 7 Pro avtomobil modeli egalari uchun keng ko‘lamli timbilding tashkil qildi. Unutilmas tadbir Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori yaqinida bo‘lib o‘tdi va brend hamda uning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan With Chery With Love uzoq muddatli loyihasining bir qismiga aylandi.

chery, roodell, реклама

Uchrashuvda nafaqat Toshkentdan, balki Andijon, Buxoro, Guliston, Denov, Jizzax, Zarafshon, Qamashi, Qarshi, Kosonsoy, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyati, Termiz, Urganch, Uchquduq, Farg‘ona, Shahrisabz va boshqa shaharlardan ham Tiggo 7 Pro avtomobil egalari qatnashdi. Keng ko‘lamli timbildingga 90 ta avtomobil egalari oila a’zolari bilan tashrif buyurgani ma’lum bo‘ldi.

Mehmonlarni kutib olish puxta o‘ylangan va turli ko‘ngilochar dasturlarga boy tadbir asosida tashkil etildi. Tiggo 7 Pro egalari fotohududda esdalik uchun suratga tushib, tadbirda ishtirok etganlik belgisi sifatida Chery brendi ostidagi futbolkalarni qo‘lga kiritishdi.

chery, roodell, реклама

Tadbirning asosiy voqeasi Chery mijozlari uchun keng ko‘lamli timbilding tashkil etilgani bo‘ldi. Mehmonlar yodda qolarli musobaqalarda qatnashishga va hatto buning uchun g‘ayrioddiy liboslar hamda tasvirlarni sinab ko‘rishga taklif qilindi. G‘oliblarni medallar va qimmatbaho sovg‘alar kutayotgandi, bu esa ularning muvaffaqiyati va mahorati ramzi bo‘ldi. Tanlov barcha ishtirokchilar o‘zining jamoaviy ruhini, birdamligini namoyish etishi va With Chery With Love loyihasi haqiqatan ham Chery brendi avtomobil egalarini bir-biriga yaqinlashtirishini isbotladi.

Tadbirda ishtirok etganlar qiziqarli dastur va distribyutorning e’tiboridan mamnun bo‘ldi. Mehmonlar o‘zini Chery brendi oilasining bir qismi deb his qilganini ta’kidlashdi. Barcha ishtirokchilar tadbir tashkil etilganidan mamnun bo‘lib, mijozlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirishdi.

chery, roodell, реклама

Mehmonlar basseynlarda cho‘milish va Chorvoq suv omborining maftunkor manzarasidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldi. Tadbir so‘ngida bolalar uchun ko‘pikli diskoteka tashkil etildi va bu kechani barcha mehmonlar uchun haqiqiy bayramga aylantirdi.

Chery brendi shu tarzda Tiggo 7 Pro avtomobillari egalari bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida mijozlarga o‘z g‘amxo‘rligini namoyish etdi. Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda yorqin hissiyotlar va ijobiy taassurotlar qoldirdi.

chery, roodell, реклама

Tiggo 7 Pro avtomobillari Chery kompaniyasining barcha rasmiy dilerlik do‘konlarida taqdim etilgan. Har bir ko‘ngilli bepul test-drayv uchun ro‘yxatdan o‘tib, avtomobil boshqaruvining haqiqiy zavqini his qilishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun (+998) 71−276−55−55 telefon raqami yoki Telegram-boti orqali murojaat qilish mumkin.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.