Kiyevda urushdan zarar ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
16 aprel 2024, 23:08

Kiyevda urushdan zarar ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

Kiyev shahrida O‘zbekiston tomonidan tadbirkor Zafar Hoshimov raisligida O‘zbekiston-Ukraina biznes kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralarining o‘zaro hamkorligi, urushdan jabr ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

IMV vakili gaz va elektr tariflarining oshishi sabablari haqida gapirdi
16 aprel 2024, 22:48

IMV vakili gaz va elektr tariflarining oshishi sabablari haqida gapirdi

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta oshirilganidan buyon inflyatsiya darajasi 66 foizni tashkil etdi, dedi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Xurshid Mustafoyev. Energiya resurslarining narxi amaldagi tariflardan sezilarli darajada oshadi, dedi u.

Qozog‘iston rahbari mamlakatdagi suv toshqinlari fonida yirik tadbirlarni bekor qilishni buyurdi
16 aprel 2024, 20:32

Qozog‘iston rahbari mamlakatdagi suv toshqinlari fonida yirik tadbirlarni bekor qilishni buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.

Gaz va elektr tariflari oshishi sababli muhtoj oilalarga qanday yordam beriladi?
16 aprel 2024, 19:54

Gaz va elektr tariflari oshishi sababli muhtoj oilalarga qanday yordam beriladi?

IHMA gaz va elektr energiyasi tariflari oshirilishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga qanday yordam ko‘rsatilishini tushuntirdi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqa miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘m miqdorida bir martalik kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.

Elektrning tannarxi qariyb 1000 so‘m, tabiiy gazniki esa qariyb 2000 so‘mni tashkil qiladi — Iqtisodiyot vazirligi
16 aprel 2024, 18:27

Elektrning tannarxi qariyb 1000 so‘m, tabiiy gazniki esa qariyb 2000 so‘mni tashkil qiladi — Iqtisodiyot vazirligi

Iqtisodiyot vazirligi departamenti direktori Xurshed Mustafayev elektr va tabiiy gaz tariflari oshirilayotganini izohlab, so‘nggi 5 yilda narxlar aholi uchun o‘zgarishsiz qolganini eslatdi. U, shuningdek, elektrning tannarxi qariyb 1000 so‘mni, tabiiy gazniki esa qariyb 2000 so‘mni tashkil qilishini ta’kidladi.

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi
16 aprel 2024, 18:14

Foto: Italiyada “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi loyihasi taqdimoti bo‘ldi

Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.

O‘quvchilar xorijga chiqishdan avval maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi taklif etilmoqda
16 aprel 2024, 17:02

O‘quvchilar xorijga chiqishdan avval maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi taklif etilmoqda

Maktab vazirligi o‘quvchilar xorijga chiqishda maktab direktorini ogohlantirishi kerakligi nazarda tutilgan buyruq loyihasini muhokamaga qo‘ydi. O‘zgartirish maqsadi sifatida xorijga ogohlantirmasdan yoki vaqtincha chiqib ketib, qaytib kelmagan o‘quvchilar bilan ishlashni samarali yo‘lga qo‘yish ekani qayd etilgan.

1-maydan elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, ijtimoiy norma joriy etiladi
16 aprel 2024, 16:11

1-maydan elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, ijtimoiy norma joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-maydan elektr energiyasi va gaz uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi (2019-yil avgustidan buyon ilk marta). Shuningdek, energoresurslar iste’moli bo‘yicha ijtimoiy norma joriy etiladi.

Gruziyada “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lmoqda
16 aprel 2024, 15:55

Gruziyada “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lmoqda

Minglab odamlar Gruziya parlamenti binosi yaqiniga “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga norozilik bildirish maqsadida yig‘ildi. Ularning fikricha, qonun Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash. Hujjat o‘tgan yili muhokamaga qo‘yilgan, biroq namoyishlardan so‘ng qaytarib olingandi.

Toshkentdagi sobiq avtobazaning bino va inshootlari 105 mlrd so‘mga sotildi
16 aprel 2024, 15:41

Toshkentdagi sobiq avtobazaning bino va inshootlari 105 mlrd so‘mga sotildi

Davlaktiv Toshkentdagi 3,2 gektar maydondagi sobiq avtobazani 105 milliard so‘mga sotdi. Tender g‘olibi Evro Tires Universal bo‘ldi.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi
16 aprel 2024, 15:05

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani aniqlandi

Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf rahbari xato qilgan o‘quvchilarini jazolash uchun qo‘llariga igna va “samorez” sanchgani aytilmoqda. Holat 2023−2024-o‘quv yili boshidan buyon takrorlanib kelgan. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va o‘qituvchi ishdan olinganini bildirdi.

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi
16 aprel 2024, 14:05

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-onalari bo‘lmagan va yordamga muhtoj jami 17 nafar bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular yaqin qarindoshlariga yoki maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi.

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi
16 aprel 2024, 12:34

Nukusdan Istanbulga aviaqatnovlar 3-iyundan boshlab yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 3-iyundan boshlab Nukus-Istanbul-Nukus yo‘nalishida aviareyslarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Qatnovlar haftaning har dushanba kuni amalga oshiriladi.

Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi
16 aprel 2024, 12:13

Toshkent va Buxoro viloyatlarida noqonuniy yer sotishda gumonlanganlar ushlandi

DXX Toshkent viloyatining Toshkent, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlari hamda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida yer maydonlarini noqonuniy sotishga urinishlarni aniqladi. Bunda fuqarolardan 50 mingdan 100 ming dollargacha pul so‘ralgan.

BP Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda
16 aprel 2024, 11:20

BP Farg‘onadagi muzeyda sodir bo‘lgan yong‘inni tekshirmoqda

Bosh prokuratura Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda. Hodisa oqibatida XIX asrga oid masjid eshigi hamda qadimiy miltiqning qo‘ndog‘i yonib zararlangan.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi
16 aprel 2024, 10:51

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi.

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi
16 aprel 2024, 09:28

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi

Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

AQShda Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
16 aprel 2024, 00:48

AQShda Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

Nyu-Yorkda Donald Trampning sukut saqlashi uchun pornoaktrisaga pul to‘lagani bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Tarixda ilk bor AQSh sobiq prezidenti jinoiy ish bo‘yicha sudda ishtirok etmoqda. Siyosatchi o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmayapti.

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda
15 aprel 2024, 23:58

Farg‘onadagi muzeyda noyob eksponatlar yonib ketgani aytilmoqda

Tarmoqlarda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida yong‘in yuz bergani, bu jamoatchilikdan sir tutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Yong‘inda naqshli masjid eshigi, Angliya qurolsozlari yasagan miltiq qo‘ndog‘i butkul yonib ketgan hamda bir qancha tarixiy eksponatlar zararlangan, deb yozdi Kun.uz.

Turkiyada o‘zbekistonlik yigit vatandoshi otgan o‘qdan vafot etdi. Ular to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan
15 aprel 2024, 23:28

Turkiyada o‘zbekistonlik yigit vatandoshi otgan o‘qdan vafot etdi. Ular to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan

Turkiyaning Istanbul viloyatida Instagram uchun video olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 22 yoshli vatandoshini otib qo‘ydi. U bosh qismidan olgan jarohati sabab vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting