XV asrda qurilgan Florensiyaning (Italiya) eng yirik muzey majmualaridan biri — mashhur Pitti saroyida “Nur va rang” ekspozitsiyasi ochildi.

Unda asosiy diqqat-e’tibor Turkistonda 1917-yilgacha ijod qilgan rus Sharq ixlosmandlaridan boshlab to madaniyatlararo muloqot va almashinuv natijasida O‘zbekistonda shakllangan milliy rang-tasvirchilik maktabi namoyandalari bilan yakunlangan XX asrning birinchi yarmi san’atidagi Markaziy Osiyo qiyofasiga qaratilgan.

17-apreldan 29-sentabrgacha Venetsiyadagi Ka Foskari universitetining ko‘rgazma maydonida “Shakl va ramz” loyihasi muxlislar uchun ochiq bo‘ladi.

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent va Nukus muzeylarining badiiy kolleksiyalarining yevropacha premerasi muallifi bo‘ldi. Ikkala ko‘rgazmaning kuratorlari Silviya Burini va Ka’Foskari (CSAR) universiteti qoshidagi rus san’atini o‘rganish markazidan Juzeppe Barberi bo‘ldi. Loyiha ustida ilmiy maslahatchi sifatida taniqli san’atshunos va Davlat Tretyakov galereyasining (Rossiya) sobiq direktori Zelfira Tregulova ishtirok etdi.

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

XX asrning birinchi yarmidagi dramatik tarixiy jarayonlar asnosida O‘zbekiston turli millat va ijodkorlik dunyoqarashlariga mansub rassomlar uchun hayot va ijod maskani, shuningdek, bitmas-tuganmas ilhom manbaiga aylanadi. Mintaqadagi badiiy paradigmalarning o‘zgarishi, umuman olganda, sovet san’atining davrlarga taqsimlanishiga to‘g‘ri keladi. Turkiston avangardi deb nomlanuvchi (ko‘rgazma kuratorlari uning o‘rniga kengroq va inklyuziv bo‘lmish Avanguardia Orientalis atamasini taklif qilgan) hodisa sharqonalilik o‘rniga kelgan, asta-sekin va majburiy ravishda sotsialistik realizmning mafkuraviy ko‘rsatmalariga javob beradigan rang-tasvirga o‘rnini bo‘shatib beradi. Shunga qaramasdan, o‘lka tabiati, me’morchilik va kundalik turmushni idrok etish va bo‘yoqlarda yetkazish uchun zarur bo‘lgan “nur va rang”ning tasviriy madaniyati san’atdagi turli-tuman g‘oyalar orqali taraqqiy etib, mazmunan yanada boyitilib boradi.

“Menimcha, biz obyektiv bo‘lmagan avangard va teng darajada obyektiv bo‘lmagan xalq ijodi o‘rtasida mavjud bo‘lgan san’at haqida o‘ziga xos tasavvur yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Hamkasblar bilan birgalikda bu yerda Igor Savitskiyning 60−70 yillarda Nukusga kelib, narsalarni bir-biriga juda mahkam osilgan vaqtida qilgan ekspozitsiyasini ko‘rgan odamlarda paydo bo‘lgan taassurotni qayta yaratdik. O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston xalqlari madaniyatiga mansub rasm va artefaktlar o‘rtasida o‘xshashliklar yaratishga muvaffaq bo‘ldik. Bu nafaqat Italiyada, balki Yevropada ham jamoatchilikka ochiq”, — dedi Zelfira Tregulova.

Rassomlarning Avanguardia Orientalis avlodi: Nikolay Karaxan, Nadejda Kashina, Yelena Korovay, Mixail Kurzin, O‘rol Tansiqboyev, Oganes Tatevosyan, Usto Mo‘min (Aleksandr Nikolayev), Viktor Ufimsev, Aleksandr Volkovga e’tibor qaratiladi. Ularning asarlarida modernistik rang-tasvir uslubi Markaziy Osiyo xalq amaliy san’ati an’analari va O‘zbekistonning tabiiy rang-barangligi bilan maroqli muloqotga kirishadi.

“Nur va rang” ko‘rgazmasi Pitti saroyida 2024-yil 30-iyungacha davom etadi.

Suratlar: Andrey Arakelyan / O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiavangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

avangard, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi