O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi
28 noyabr 2019, 20:01

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga uning o‘zbek tilida nashr etilgani kitobini sovg‘a qildi.

Sirdaryoda haydovchilar «gaz zapravkasi» faoliyati to‘xtatilgani bois yo‘lni to‘sib qo‘ydi
28 noyabr 2019, 19:43

Sirdaryoda haydovchilar «gaz zapravkasi» faoliyati to‘xtatilgani bois yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Metan quyish shoxobchasi yopilgani sababli bir kundan beri navbat kutayotgan haydovchilar «Toshkent-Guliston» yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Toshkent viloyatida pudratchi maktab ta’mirida mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi
28 noyabr 2019, 15:37

Toshkent viloyatida pudratchi maktab ta’mirida mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi

Qurilish kompaniyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 42-maktabni kapital ta’mirlashda 240 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi.

«KamAZ» Samarqand viloyatida ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi
28 noyabr 2019, 14:28

«KamAZ» Samarqand viloyatida ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi

«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.

Samarqandda o‘qituvchining kaltaklangani haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilindi
28 noyabr 2019, 13:44

Samarqandda o‘qituvchining kaltaklangani haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilindi

Tergov departamenti Samarqandda vafot etgan erkakning kaltaklanishida olti kishi ishtirok etganini ma’lum qildi.

Farg‘onada yangi Olimpiya sport majmuasi foydalanishga topshirildi
28 noyabr 2019, 11:37

Farg‘onada yangi Olimpiya sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Farg‘ona shahrida 600 million so‘m evaziga Olimpiya sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi
28 noyabr 2019, 10:02

Besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi

Qashqadaryoda ikki oiladan jami to‘qqiz kishi is gazidan zaharlandi. Ular ko‘mir va tandir cho‘g‘idan uyni isitish maqsadida foydalangan.

Maktablar yangi standartlar asosida quriladi va ta’mirlanadi
28 noyabr 2019, 09:52

Maktablar yangi standartlar asosida quriladi va ta’mirlanadi

2020−2022 yillarda umumta’lim maktablarining «Zamonaviy maktab» loyihasi doirasida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va jihozlanishi uchun 4,05 trln so‘m ajratiladi.

SamAuto Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarishni boshladi
28 noyabr 2019, 09:42

SamAuto Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarishni boshladi

SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

Nukus tumanida odamlar gaz yo‘qligi uchun yo‘lni yopib qo‘ydi
27 noyabr 2019, 19:44

Nukus tumanida odamlar gaz yo‘qligi uchun yo‘lni yopib qo‘ydi

Nukus tumanidagi Shortanbay ovuli aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib, g‘ildiraklarga o‘t qo‘ydi. Bunga gaz yetkazib berilmayotgani sabab bo‘ldi. Hokimiyat ko‘mir va gaz ballonlari yetkazib berdi va gazni ulash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Prezident suv resurslarini boshqarishni yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
27 noyabr 2019, 19:20

Prezident suv resurslarini boshqarishni yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

2020 yildan Majburiy ijro byurosi suv ta’minoti uchun qarzdorlikni undirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu ish bilan «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi shug‘ullanadi.

Samarqanda bir necha kishi tomonidan kaltaklangan erkak vafot etdi
27 noyabr 2019, 18:10

Samarqanda bir necha kishi tomonidan kaltaklangan erkak vafot etdi

Bir guruh kishilar tomonidan kaltaklangan Samarqanddagi 42-maktab o‘qituvchisi vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, uch kishi gumondor sifatida jalb qilindi.

Voyaga yetmagan qizlarni mast holda urib ketgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi
27 noyabr 2019, 17:01

Voyaga yetmagan qizlarni mast holda urib ketgan haydovchiga sud hukmi o‘qildi

Zomin tumanida ikki nafar voyaga yetmagan qizlarni mast holda urib, ularning birini o‘limiga sabab bo‘lgan holda voqea joyida qochib ketgan haydovchi 6 yil 6 oy muddatga qamaldi.

Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 30 noyabr kuni ochiladi
27 noyabr 2019, 16:55

Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 30 noyabr kuni ochiladi

Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 2019 yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

Ravshan Ermatov FIFA hakamligiga yakun yasadi
27 noyabr 2019, 16:09

Ravshan Ermatov FIFA hakamligiga yakun yasadi

FIFA arbitri Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. U xizmatlari uchun AFC Referees Memento Award maxsus mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Metroning O‘zbekiston yo‘nalishida elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi
27 noyabr 2019, 15:53

Metroning O‘zbekiston yo‘nalishida elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi

Metroning O‘zbekiston yo‘nalishiga elektr yetkazib berishda qisqa muddatli uzilish sodir bo‘ldi. Hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta’mir ko‘rsatmadi.

Naqd pul tushumiga ega korxonalar onlayn-kassalardan foydalanishga o‘tadi
27 noyabr 2019, 11:48

Naqd pul tushumiga ega korxonalar onlayn-kassalardan foydalanishga o‘tadi

2022 yildan tadbirkorlik sub’ektlari aholidan naqd pul olishda onlayn nazorat-kassa apparatlari va virtual kassalardan foydalanishga o‘tadi.

Samarqanddagi YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi
27 noyabr 2019, 11:00

Samarqanddagi YTHda Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatidagi avariyada Tojikiston fuqarosi halok bo‘ldi — u rul chambaragida uxlab qolgan va avtomobil beton to‘siq bilan to‘qnashgan.

Ortiqxo‘jayevning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi — Bosh prokuratura
27 noyabr 2019, 10:45

Ortiqxo‘jayevning intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Kun.uz va Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rtasidagi mojaro yuzasidan tergovga qadar tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Poytaxt hokimining intizomiy javobgarligi masalasini ko‘rib chiqish uchun Hukumatga murojaat qilindi.

Markaziy bank 2020 yilda qayta moliyalash stavkasini pasaytirishi mumkin
26 noyabr 2019, 20:45

Markaziy bank 2020 yilda qayta moliyalash stavkasini pasaytirishi mumkin

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov olti oydan so‘ng qayta moliyalash stavkasining pasayishi kutilayotganini ma’lum qildi. Uning fikricha, bu kreditlar va depozitlar foiz stavkalariga ijobiy ta’sir qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting