Samarqand avtomobil zavodi (SamAuto) 27 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi Isuzu D-Max pikapini namoyish qildi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.

Isuzu D-Max

SamAuto vakilining qayd etishicha, Isuzu D-Max avtomobilda ham yo‘lovchilar, ham yuklarni tashish uchun birdek qulay «universal dizayn» konsepsiyasi amalga oshirilgan.

«O‘zbekistonda ishlab chiqarish uchun 2017 yilgi Isuzu D-Max modifikatsiyasining ikkinchi avlodi tanlab olingan edi. Pikaplar ekologiya talablariga mosligi va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi dizel yoqilg‘isida ishlaydi», — deydi Samarqand avtomobil zavodi bosh direktorining o‘rinbosari Xusen Qobilov.

«Ushbu model shassisi ISUZU agregatilari bilan jihozlangan bo‘lib, ishlashning yuqori ko‘rsatkchichlarini namoyish etdi. ISUZU D-Max rul boshqvruvi va g‘ildiraklar osmasi o‘rtasidagi qo‘yilgan muvozanatli ish o‘z toifasidagi avtomobillari orasida eng yaxshisi xisoblanadi. Ushbu avtomobil murakkab yo‘l sharoitlarida ham muvozanat saqlanishini kafolatlaydi», — deya qo‘shimcha qildi u.

O‘zbekistonliklar uchun Isuzu D-Max uchta модификацияларда taqdim etiladi:

  • ikki qatorli kabina, 2 yo‘lovchilik o‘rindiq, 2,5 litrlik dvigatel hajmi va mexanik uzatmalar qutisi bo‘lgan D-MAX SAHAR;
  • bir qatorli kabina, 4 yo‘lovchilik o‘rindiq, 2,5 litrlik dvigatel hajmi va mexanik uzatmalar qutisi bo‘lgan D-MAX OKSUS;
  • ikki qatorli kabina, 4 yo‘lovchilik o‘rindiq, 3 litrlik dvigatel hajmi va avtomat uzatmalar qutisi bo‘lgan D-MAX IRBIS.

Pikap yuk ko‘taruvchanligi 865−1100 kilogrammni tashkil etadi.

Isuzu D-Max yapon standartlariga muvofiq yuqori mustahkamlikdagi po‘lat kabina, energiyani yuta oluvchi old qism, yon zarbga chidamli plankalar va tarang tortib turuvchi xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

Pikapning ranglar xilma-xilligi oq, kumushsimon metallik, kulrang metallik, obsidian kulrang, qora, ko‘k va qizil ranglar bilantaqdim etilgan. Avtomobil intererida bezashning qora elementlari, xromlangan detallar va ushlab ko‘rganda yoqimli materiallar uyg‘unlashadi. Keng eshikarkalari kabinaga oson kira olish, ichkarida esa yo‘lovchilarni qulay joylashtirishni ta’minlaydi.

ISUZU D-Max pikap sotuvlari 2020 yilning yanvar oyida boshlanadi. Ayni damda sotuvoldi buyurtmalar berish jarayoni boshlandi. Avtomobillar narxi 270 dan 380 mln so‘mgacha oraliqda belgilanadi.

Video

Smotret v Tas-Ix (Mover)

Foto