Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyatiga tashkil yetilgan media-tur davomida jurnalistlar shahardagi Olimpiya sport majmuasi ochilish marosimida qatnashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu sport majmuasi rahbari Ulug‘bek Madaminovning ma’lum qilishicha, majmua qurilishi uchun 300 million so‘m bank krediti, yana shuncha mablag‘ majmua hisobidan sarflangan.

Bu yerda Olimpiya, Paralimpiya o‘yinlariga sportchilar tayyorlanadi, shuningdek, aholi, yoshlar ham shug‘ullanishi mumkinligi bildirildi.