27 noyabr kuni Toshkent metropolitenining O‘zbekiston yo‘nalishiga elektr energiyasi yetkazib beruvchi poytaxt elektr nimstansiyalarda qisqa muddatli nosozlik sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» matbuot xizmati xabar qildi.

10:42 da G‘afur G‘ulom va Alisher Navoiy bekatlarida chiroqlar lipillashni boshlagan va eskalatorlar harakati to‘xtagan. 10:43 da — oradan bir daqiqa o‘tib — elektr uzatish barqarorlashgan.

Hodisa poyezdlar harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmadi, chunki harakat tarkiblari elektr energiyasini boshqa manbalardan oladi, deyiladi metropoliten ma’muriyati xabarida.