Qozog‘iston 17 avgustdan halqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda
12 avgust 2020, 18:13

Qozog‘iston 17 avgustdan halqaro aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda

Qozog‘iston hukumati 17 avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya Federatsiyasiga xalqaro reyslar tiklashga qaror qildi.

15 avgustdan karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi
12 avgust 2020, 18:11

15 avgustdan karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi

15 avgustdan boshlab karantin choralari yumshatiladi: shaxsiy va jamoat transporti harakati, qator faoliyat turlari, bozor va madaniy-ma’rifiy muassasalar ishini bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. 17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi tiklanishi belgilandi.

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 avgust 2020, 17:53

Farg‘ona va So‘x o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bosh vazir Abdulla Aripov So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchasi tashkil etilishini ma’lum qildi. Farg‘ona-So‘x yo‘nalishidagi aviaqatnovlarga «Humo AIR» aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda «Uzbekistan Helicopters» MCHJga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Yanvar-iyun oylarida 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi
12 avgust 2020, 17:25

Yanvar-iyun oylarida 1 trln so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi

Yarim yil davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga sub’ektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki ularning aksiyalarini olish bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo‘yicha jami 64 ta murojaat kelib tushgan. Umumiy hajmi 1 trln so‘mga teng bo‘lgan ushbu bitimlarning 47,3 foizi xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yarim yilda Davlat mehnat inspeksiyasi deyarli 3900 nafar mansabdor shaxslarni jarimaga tortgan
12 avgust 2020, 16:59

Yarim yilda Davlat mehnat inspeksiyasi deyarli 3900 nafar mansabdor shaxslarni jarimaga tortgan

2020 yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga mehnat munosabatlari buzilganligi to‘g‘risida 12 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularni o‘rganishi natijasida 3886 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 6,3 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev
12 avgust 2020, 15:30

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Google zilzila haqida ogohlantiruvchi tizim ustida ishlamoqda
12 avgust 2020, 15:24

Google zilzila haqida ogohlantiruvchi tizim ustida ishlamoqda

Google Android-qurilmalar uchun zilzilalar haqida ogohlantiradigan dastur ustida ishlayapti. Smartfon mini-seysmometr vazifasini bajarib, foydalanuvchilarni tabiiy ofat haqida ogohlantiradi.

MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘iga xizmat tekshiruvi tayinlandi
12 avgust 2020, 14:38

MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘iga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining Milliy gvardiya xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqoratlagani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Ularning har ikkisiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Abituriyentlarga sanitariya-gigena vositalari tarqatiladi
12 avgust 2020, 13:38

Abituriyentlarga sanitariya-gigena vositalari tarqatiladi

Qabul test sinovlari o‘tkaziladigan joylarda abituriyentlarga barcha sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilishi va ularning xavfsizligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Shuningdek, respublika bo‘yicha bir kunda 100 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazilishi qayd etildi. Test sinovlari birinchi smena uchun 08:00 da boshlanib, 10:00 gacha davom etadi va ikkinchi smena 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi.

TikTok bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan
12 avgust 2020, 13:30

TikTok bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan

TikTok Google ishlab chiqqan Android tizimining maxfiylik himoyasini chetlab o‘tishga erishgan va «millionlab» smartfonlarning unikal identifikatorini qo‘lga kiritgan. Ilova kamida 15 oy davomida foydalanuvchilar ma’lumotini yig‘ib kelgan.

1200 ta maktabda kundaliklar elektron shaklda yuritiladi
12 avgust 2020, 12:38

1200 ta maktabda kundaliklar elektron shaklda yuritiladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi 1200 ta maktabda kundalik yuritish elektron shaklga o‘tkaziladi va qog‘oz shaklidagi kundaliklar bekor qilinadi. Xizmatdan foydalanishda internet-trafik hisoblanmaydi.

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi
12 avgust 2020, 12:29

Sirdaryoda bank boshqaruvchisi tadbirkorlarning 520 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirdi

«Agrobank» Sirdaryo viloyati Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi 3 nafar tadbirkorning xabardorligisiz ular nomiga 520 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, pullarni o‘zi ishlatib yuborgani fosh etildi.

Jo Bayden Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanladi
12 avgust 2020, 11:53

Jo Bayden Kamala Xarrisni vitse-prezidentlikka nomzod qilib tanladi

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden senator Kamala Xarrisni vitse-prezident qilib tanladi. Agar Bayden g‘alaba qozonsa, Xarris lavozimdagi birinchi ayol va birinchi qora tanli siyosatchi bo‘ladi.

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi
12 avgust 2020, 10:55

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining daromad va xarajatlari ma’lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 10 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 7,8 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — jami 4,56 trln so‘m ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash sohasiga yo‘naltirildi.

Koronavirus holatlari 32,2 mingdan oshdi
12 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 32,2 mingdan oshdi

COVID-19 bemorlari soni 232 nafarga ortib, jami 32215 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi
12 avgust 2020, 09:54

Sherzod Shermatov koronavirusga chalinganini ma’lum qildi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov koronavirus infeksiyasiga chalinganini ma’lum qildi. Vazir hozirda uyda reabilitatsiya davrini o‘tayotganini va yaqin orada ishga qaytishini bildirdi. Shuningdek, vazir kasallikni qanday boshidan kechirayotganini va davolanishga doir o‘zini maslahatlari bilan bo‘lishdi.

Kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi
11 avgust 2020, 22:16

Kambag‘al va ishsiz aholini kasb-hunarga o‘rgatish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda kambag‘al va ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bu tizim viloyat, tuman (shahar) va mahallalar darajasidagi kasb-hunarga o‘qitish muassasalari hamda nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini o‘z ichiga oladi.

Yana 160 mingta oila moddiy yordam oladi
11 avgust 2020, 20:44

Yana 160 mingta oila moddiy yordam oladi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 160 mingta oila moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatidan («temir daftar») chiqarildi. Ular o‘rniga yana shuncha yangi oila kiritildi va ularga ham bir martalik moddiy yordam to‘lanadi.

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy vaksinalarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda
11 avgust 2020, 19:57

O‘zbekiston Rossiya va Xitoy vaksinalarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganmoqda

O‘zbekistonda Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi vaksinalardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. Seshanba kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Buxoroda «Moskvich» ariqqa qulab tushishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
11 avgust 2020, 19:43

Buxoroda «Moskvich» ariqqa qulab tushishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida «Moskvich» yo‘ldan chiqib ketib, ariqqa quladi. Avtomobilning ikki yo‘lovchisi olamdan o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting