Qozog‘istonliklar 17 avgustdan boshlab Rossiya, Ukraina, Belarus, Misr, Germaniya, Gollandiya va BAA mamlakatlariga uchishlari mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi Qozog‘iston aviatsiyasi ma’muriyati.

Ushbu davlatlar sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilgan holda Qozog‘iston bilan avia aloqani tiklashga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Bunday talablarga haroratni o‘lchash, ijtimoiy masofa saqlash, niqob taqish, PZR test topshirish va boshqalar kiradi.

Shu bilan birga, xabarda Rossiyaga aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Rossiya tomonining ruxsati kerak ekanligi haqida aytilgan.

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar soni aviaqatnovlar bo‘yicha davlatlararo o‘zaro bitimlar asosida va har bir yo‘nalishdagi samolyotlarning hajmiga va hususiyatiga qarab amalga oshiriladi.