12 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 215 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 155 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Samarqand viloyatida, yana 23 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, yana 6 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘istonda tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 7 917 kishi davolanmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 24 090 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh. A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.