Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasiga 2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida 12 293 ta jismoniy va yuridik shaxslardan murojaat kelib tushgan. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu 12 293 ta murojaatdan, natijasiga ko‘ra 6 498 ta qanoatlantirilgan, 5 241 ta tushuntirish berilgan, 346 ta tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 208 ta ko‘rilmasdan qoldirilgan.

Murojaatlarni xususiyatlari bo‘yicha:

  • 3 886 ta nafari oylik ish xaqlari va boshqa to‘lovlar to‘lanmasligi;
  • 1 295 ta noqonuniy ishdan bo‘shatilishi;
  • 414 ta ishga qabul qilishda qonun buzilishi;
  • 388 ta ishga qabul qilishda rad etilishi;
  • 336 ta norasmiy ishlatilishi;
  • 335 ta ish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha qonun buzilishi;
  • 36 ta majburiy mehnat;
  • 34 ta mehnat sharoitlari yaratilmaganligi;
  • 5 569 ta boshqalarni tashkil etadi.

Shu bilan birga, hisobot davrida Davlat mehnat inspeksiya tomonidan mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 8 554 ta korxonada 21 455 ta qonun buzilishi holatlari aniqlangan, ushbu qonun buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha 3462 ta yozma ko‘rsatmalar va 75 ta taqdimnomalar kiritildi, 3 886 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 6,390 mlrd so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.