Buxoro viloyatida «Moskvich» ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa 10 avgust kuni taxminan 15:30 da G‘ijduvon tumanining «Sohibayon» mahallasi hududida sodir bo‘ldi. Avtomobilning old g‘ildiragi chiqib ketib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotadi. Avtomobil esa yo‘lning chap tomonidan o‘tgan ariqqa qulagan.

YTH natijasida avtomobil yo‘lovchilari — 50 yoshli A. I. va 44 yoshli G. R. — olgan tan jarohatlari sababli hodisa joyida olamdan o‘tgan.

G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.