Google kompaniyasi zilzilalar haqida ogohlantiruvchi umumjahon tizim ustida ishlayotgani haqida xabar beradi TheVerge nashri. Ilova Android-qurilmalardan yig‘ilgan ma’lumotlar asosida ishlaydi.

Kompaniyaning Android bo‘yicha bosh muhandis-dasturchisi Mark Stogatisning aytishicha, ogohlantirish tizimini yaratish uchun doimiy ravishda nazorat qilib turiladigan seysmometrlar kerak bo‘ladi.

Video: «Android» YouTube-kanali.

Android-qurilma mini-seysmometr vazifasini bajaradi: Google ta’kidlashicha, qurilmalarga o‘rnatilgan akselerometr ekran holatini analiz qilib, seysmik tebranishlarga sezgir hisoblanadi. Qurilma yengil hisoblangan ham birinchi va kuchli bo‘lgan ikkinchi to‘lqinlarni ham «sezadi».

Algoritmlar yordamida Google bir vaqtning o‘zida minglab qurilmalarni analiz qiladi va ishonch hosil bo‘lgandan so‘ng ogohlantirishlar yuboradi. Bundan tashqari tizim zilzila epitsentrini ham aniqlashda yordam beradi. Ilova Google mobil xizmatlarining bir qismiga aylanadi, deyiladi TheVerge xabarida.

Google yangi tizimni bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Birinchi bosqichda AQSH Geologik xizmati va Kaliforniya Favqulodda xizmatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ShakeAlert ilovasi seysmologik ma’lumotlardan foydalangan holda ogohlantirishlar yuboradi.

Smartfonlardan yig‘ilgan ma’lumotlar asosida ishlaydigan ilovani taqdim etish uchun ko‘proq vaqt talab etilishi aytilmoqda.