«Business indicator» (Biznes-ko‘rsatkichi) onlayn axborot tizimi orqali 2020 yilda O‘zbekistonning barcha hududlarida biznesni rivojlantirish darajasi o‘rganildi, deya «Gazeta.uz»ga xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi matbuot xizmati.

Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Dilshod Abduazizov 2020 yilda hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini reyting baholash haqida gapirib berdi. Uning maqolasining to‘liq versiyasi «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining 5-sonida chop etiladi.

O‘zbekistonda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning reytingini baholash tizimi joriy etildi, buning asosida iqtisodiy ko‘rsatkichlar, biznesni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma va mavjud resurslardan tuman va shaharlarda foydalanish darajasi o‘rganildi.

2020 yildan boshlab Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Adliya vazirligi «Biznes indikatori» avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishga tushirdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholashning onlayn tizimi mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 25 ballik ko‘rsatkich bo‘lib, tadbirkorlarning 4 ta yo‘nalishdagi so‘rovlari hisoblanadi.

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish darajasini baholash yarim yillik va yil yakunlari asosida muntazam ravishda olib borilmoqda.

So‘nggi uch yil ichida Jahon bankining Doing Business reytingida O‘zbekiston 18 puntkga ko‘tarildi. Davlatning qo‘llab-quvvatlashi tadbirkorlikni rivojlantirish omillaridan biriga aylandi, deyiladi xabarda.

Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, xususan, soliqlar, kreditlar va kommunal to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar, tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar bo‘yicha moratoriy hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish natijasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 2020 yilda ijobiy tendensiyalar aniqlandi.

Shunday qilib, tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkka zarar yetkazish holatlari soni 13 barobarga kamaydi (96 holat, 2019 yilda 1260 ta).

Tadbirkorlarga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar uchun kompensatsiya miqdori 3 barobar o‘sdi (2,8 trln.so‘m, 2019 yilda 855 mlrd. so‘m).

Tahlillar so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar sonining o‘sishini ko‘rsatdi, ularning soni 32,5% ga oshdi va tadbirkorlar umumiy sonining 26% ni (2019 yilda 21%) tashkil etdi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar ishtirokida xo‘jalik va ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilgan nizolar 44% ga (97,6 ming, 2019 yilda 173,3 ming) kamaydi va tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar soni 8,5% ga (52,3 ming, 2019 yilda — 57,2 ming) kamaydi.

Koronavirus pandemiyasi davrida tadbirkorlikni rivojlantirish

Karantin tufayli ko‘plab korxonalar vaqtincha yopilishga majbur bo‘ldi, umumiy talabning pasayishi kuzatildi va ishsizlarning soni oshdi, deyiladi xabarda. Virusning tarqalishini kamaytirish uchun qo‘llangan ijtimoiy masofa va joriy lokdaun cheklovlari iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatdi.

Shunday qilib, tadbirkorlarning davlat oldidagi qarzdorligi majburiy ijroda 3,4 barobar oshdi (690 mlrd. so‘m, 2019 yilda 206 mlrd. so‘m).

Shu bilan birga, tadbirkorlarning muddati o‘tgan kreditlar miqdori 63% ga (4,8 trln. so‘m 2019 yilda 3,0 trln. so‘m) oshdi.

Tahlillarda bo‘sh turgan yerlardan samarali foydalanish darajasi 72% dan 37% gacha pasaygani aniqlandi.

So‘rov natijalariga ko‘ra, 2020 yilda 25 mingdan ziyod tadbirkor 2019 yilga nisbatan bank xizmatlari, infrastruktura va davlat organlariga tadbirkorlarning ishonchi ortganini qayd etdi.

Shu bilan birga, respondentlarning 44% majburiy homiylik bilan shug‘ullangan va 40% sud qarorlarining adolatiga shubha bilan qaragan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respublikaning viloyat va tumanlaridagi shaharlar reytingi tuzildi.


Baholash natijalariga ko‘ra, tarbirkorlikni rivojlantirishning eng yuqori darajasi Toshkent shahrida qayd etildi (7,8 ball). Eng past ko‘rsatkichlar Qashqadaryo (4,5 ball), Surxondaryo (4,5 ball) va Samarqand (4,6 ball) viloyatlarida qayd etildi.


Bektemir (9,0 ball), Mo‘ynoq (8,9 ball), Qo‘rg‘ontepa, Yakkasaroy va Karmana (8,4 ball) tumanlari yetakchi bo‘ldi. Baxmal (6,3 ball), Buvayda (6,4 ball), Tuproqqal’a, Uchko‘prik, Samarqand, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlari (6,5 ball) reytingda so‘nggi o‘rinlarni egalladi.