O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8% ga yoki 2 mln. 636,8 mingtaga oshgan.

Ma’lumotga ko‘ra, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich esa 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1% ga yoki 1 mln. 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta’minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019 yil 1 aprel:

  • jami: 21 960,2 ming
  • aholida: 21 331,2 ming

2020 yil 1 aprel:

  • jami: 24 316,7 ming
  • aholida: 23 371,3 ming

2021 yil 1 aprel:

  • jami: 26 953,5 ming
  • aholida: 24 795,4 ming