Iqtisodiyot

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
30 noyabr 2022, 11:21

Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi
30 noyabr 2022, 10:02

Tijorat banklari 30 noyabr kuni dollarni 11 270 so‘mdan sotishni boshladi

Banklarda 1 AQSh dollari 11 270 so‘mdan sotilmoqda, aholidan esa 11 195 — 11 250 so‘mdan sotib olinmoqda.

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi
29 noyabr 2022, 17:58

Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik tenderni noqonuniy yutgani aniqlandi

Qashqadaryoda tashkil etilganiga 3 kun bo‘lgan firma jami 2 601 000 000 so‘mlik issiqxonalar o‘rnatish bo‘yicha tanlovda noqonuniy ravishda g‘olib bo‘lgani aniqlandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi holat yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, qayta tanlov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik o‘sishdan so‘ng tushdi
29 noyabr 2022, 09:39

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik o‘sishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 285 so‘mdan sotilmoqda, sotib olish kursi esa 11 210 — 11 270 so‘m oralig‘ida.

Imtiyozlardan voz kechish, import to‘siqlarini olib tashlash: samarali pul-kredit siyosati uchun Markaziy bank shartlari
28 noyabr 2022, 22:47

Imtiyozlardan voz kechish, import to‘siqlarini olib tashlash: samarali pul-kredit siyosati uchun Markaziy bank shartlari

O‘zbekiston MB pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish uchun hukumatni import yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik subyektlarini temir yo‘l va havo transportiga jalb qilish, ulgurji savdoni naqd pulsiz shaklga o‘tkazish, imtiyozli va yo‘naltirilgan kreditlardan voz kechishga chaqirmoqda.

Banklar dollarni 11 300 so‘mdan sotishni boshladi
28 noyabr 2022, 09:43

Banklar dollarni 11 300 so‘mdan sotishni boshladi

28 noyabr kuni tijorat banklari 1 AQSh dollarini 11 300 so‘mdan sotishni boshladi. Sotib olish esa 11 210 — 11 280 so‘m oralig‘ida.

O‘zbekiston va Ozarbayjon IMEI-kodlarni qalbakilashtirishga qarshi birgalikda kurashadi
27 noyabr 2022, 09:57

O‘zbekiston va Ozarbayjon IMEI-kodlarni qalbakilashtirishga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mobil telefonlarni ro‘yxatga olish sohasidagi hamkorlik doirasida yo‘qolgan va o‘g‘rilangan IMEI-kodlarning yagona «qora ro‘yxati»ni yaratishga kelishib oldi.

Navoiy aeroporti yuk terminali va «Navoiy» EIZ BAA kompaniyalari boshqaruviga topshiriladi
26 noyabr 2022, 09:21

Navoiy aeroporti yuk terminali va «Navoiy» EIZ BAA kompaniyalari boshqaruviga topshiriladi

Navoiy aeroportining yuk terminali va «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi boshqaruvi Birlashgan Arab Amirliklarining ikki kompaniyasiga topshiriladi. Prezident hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekistondagi ikkita kripto-do‘konga dastlabki litsenziyalar berildi
25 noyabr 2022, 17:35

O‘zbekistondagi ikkita kripto-do‘konga dastlabki litsenziyalar berildi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan «Crypto Trade NET» va «Crypto Market» kompaniyalariga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Avvalroq ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish tartibi Adliya vazirligi tomonidan oktabr oxirida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Navoiydagi 188 ta yaylovda joylashgan noruda konlari auksionga chiqariladi
25 noyabr 2022, 13:00

Navoiydagi 188 ta yaylovda joylashgan noruda konlari auksionga chiqariladi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida prezident sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish o‘rni yaratish zarurligini aytdi. 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auksionga chiqarish va 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard so‘m ajratish shular jumlasidan.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana ko‘tarildi
25 noyabr 2022, 09:56

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari yana ko‘tarildi

25 noyabrda tijorat banklarida 1 AQSh dollari 11 280 — 11 290 so‘mdan sotilmoqda. Sotib olish 11 180 — 11 265 so‘m oralig‘ida.

Imtiyozlar, kredit kompensatsiyalari, davlat yordami. Elektromobil sanoati qanday rivojlanadi?
25 noyabr 2022, 08:26

Imtiyozlar, kredit kompensatsiyalari, davlat yordami. Elektromobil sanoati qanday rivojlanadi?

O‘zbekistonda mahalliy elektromobillarni utilizatsiya yig‘imi, butlovchi, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va xomashyoni esa bojxona to‘lovlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, investorlarga ma’lum miqdordagi elektromobillarni imtiyozli shartlar asosida olib kirishga ruxsat berilishi mumkin.

O‘zbekiston va Fransiya uran qazib olish va qayta ishlashni kengaytirishga kelishib oldi
24 noyabr 2022, 22:18

O‘zbekiston va Fransiya uran qazib olish va qayta ishlashni kengaytirishga kelishib oldi

Davlat geologiya qo‘mitasi, «Navoiyuran» va Fransiyaning Orano kompaniyasi o‘rtasida uran qazib olish hamda qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi. Orano «bir necha yuz million yevro» miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Oktabr oyida avtomobil bozorida pasayish kuzatildi
24 noyabr 2022, 13:05

Oktabr oyida avtomobil bozorida pasayish kuzatildi

Oktabr oyida O‘zbekistonda 112,7 mingta avtomobil sotildi. Bu sentabr oyiga nisbatan 8 foizga kam. Ikkilamchi bozorda sotuvlarning pasayishi birlamchi bozorga qaraganda kamroq keskinlashib, 1,4 foiz kamayishni qayd etdi.

Tijorat banklari 1 dollarni 11 280 so‘mdan sotishni boshladi
24 noyabr 2022, 09:42

Tijorat banklari 1 dollarni 11 280 so‘mdan sotishni boshladi

Banklarda 24 noyabr kuni 1 AQSh dollari 11 180 — 11 260 so‘mdan sotib olinmoqda, sotish kursi esa 11 280 so‘mgacha ko‘tarildi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga qo‘shimcha 106 mlrd so‘m ajratiladi
24 noyabr 2022, 01:00

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlashga qo‘shimcha 106 mlrd so‘m ajratiladi

Moliya vaziri quyi palata sessiyasida 2022 yildagi davlat budjeti hisobidan XTVga qo‘shimcha 922 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Shundan 106 mlrd so‘m Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 1−4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun, 400 mlrd so‘m esa darslik ijarasini budjetdan qoplash uchun yo‘naltiriladi.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi uch foizdan to‘rt foizga oshiriladi
24 noyabr 2022, 00:02

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi uch foizdan to‘rt foizga oshiriladi

Moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha muhokamada budjet taqchilligi 3%dan 4%ga oshirilishini ma’lum qildi. Avvalroq hukumat limitga moslasha olmayotgani uchun deputatlardan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini oshirishni so‘ragandi.

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi
23 noyabr 2022, 18:02

Fransiyaning Alstom kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi

Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi Toshkentda tramvay yo‘llarini quradi. Loyiha qiymati 167,4 mln yevroga baholanmoqda. Liniyalardan biri “Do‘stlik” metro stansiyasidan boshlab, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab o‘tishi mumkin.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi
23 noyabr 2022, 17:48

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport hajmi qariyb $15,5 mlrdga (+23,8%), import esa $24,6 mlrdga (+21,2% ga) yetdi. Hisobot davrida — $9,1 mlrd qiymatida passiv saldo qayd etildi.

O‘zbekiston 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib oladi
23 noyabr 2022, 16:50

O‘zbekiston 800 mln yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib oladi

Fransiya O‘zbekistonga umumiy qiymati salkam 800 mln yevroga teng 12 ta Airbus A320neo va A321neo samolyotlari, shuningdek, 5 ta ATR 72−600 samolyotlarini yetkazib beradi. Bundan tashqari, ikkita Airbus H145 vertolyotini xarid qilish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting