Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining o‘rganishlariga ko‘ra, oktabr oyida sotilgan avtotransport vositalarining umumiy soni 112,7 mingtani tashkil etdi, bu sentabr oyiga nisbatan 8%ga kamdir. Bu haqda “Gazeta.uz” ga markaz matbuot xizmati xabar berdi.


Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi.Manba: ITIM

Yil boshidan buyon 1,2 mln dona avtomobil sotilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar (+604 ming) ko‘pdir.

oktabr oyida birlamchi bozorda avtotransport vositalari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2%ga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning sentabr oyiga nisbatan sotuvlarda sezilarli pasayish kuzatildi.


Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulushi­­­­. Manba: ITIM

Xususan, oktabr oyida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 33%ga pasayib 17 mingtani tashkil etdi, bunda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar atigi 1,5%ga oshgan.


Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori (2021−2022). Manba: ITIM

oktabr oyida ikkilamchi bozorda avtomobil sotuvlar joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 1,4%ga (91,7 mingta avtomobil) kamaydi.

Avtomobil importi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy davomida import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollarini va 2021 yilning mos davriga nisbatan 121,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va transport asbob-uskunalari (31,6%), sanoat tovarlari (19,3%) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Xususan, o‘tgan 10 oyda elektromobillar importiga 55,4 mln AQSh dollari sarflanib, 1 749 dona ulov olib kirildi.
Bu 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1136 taga ko‘p. Yil boshidan buyon eng ko‘p elektromobillar Xitoy — 1 528 dona, BAA — 111 dona va Germaniyadan (48 dona) import qilingan.