2022 yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2% ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan sharhda ma’lum bo‘ldi.

TSAda eksport hajmi qariyb 15,5 mlrd AQSh dollariga (23,8% ga ko‘paydi) va import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollariga (21,2% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida — 9,1 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etildi.

Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan.

Mahsulot ham xizmatlarning eng ko‘pi XXR ($5,2 mlrd), Rossiya Federatsiyasi ($4,9 mlrd), Qozog‘iston ($2,6 mlrd), Janubiy Koreya ($1,9 mlrd) dan olib kelingan. Eng kam import Afg‘oniston ($7,3 mln) bilan amalga oshirildi.

Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil fevral oyida qayd etilib, 5,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga kamaydi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda, deyiladi qo‘mita sharhida.

Yanvar- oktabr oylarida ijobiy saldo Afg‘oniston (572 mln dollar), Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar) davlatlari bilan kuzatildi.

195 ta mamlakat orasida tashqi savdo ayoanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog‘istonda (9,3%), Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg‘iz Respublikasi (2,5%) va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga ko‘paygan.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 39,1% ulush bilan 15,7 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 319,7 mln dollarni tashkil etdi.

Eksport

Yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 586 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 mlrd AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021 yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8% ни tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘tgan 10 oy davomida xizmatlar sohasi, sanoat tovarlari va oltin eng ko‘p eksport qilingan.

Eksportning eng katta hajmi 2022 yil fevral oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 1,9 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida eksport hajmi 1,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,4 foizga kamaydi.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi

Respublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 24,5% ulush bilan 3,8 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 1% ulush bilan 161,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Import

O‘tgan 10 oy davomida import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollarini va 2021 yilning mos davriga nisbatan 121,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, машиналар va transport asbob-uskunalari (31,6%), sanoat tovarlari (19,3%) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Importning eng katta hajmi 2022 yilning mart oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 8,6 mlrd AQSh dollariga kamaydi. 2022 yil oktabr oyida import hajmi 2,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga ko‘paydi.

Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 48,4% ulush bilan 11,9 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,5% ulush bilan 130 mln AQSh dollarini tashkil etdi.