Iqtisodiyot

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 650 so‘mga chiqdi. Bu — tarixiy maksimum
13 iyul 2023, 10:10

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 650 so‘mga chiqdi. Bu — tarixiy maksimum

Tijorat banklari 13-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 535−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650 so‘m.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish kuzda o‘tkazilishi mumkin
12 iyul 2023, 18:15

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish kuzda o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha delegatsiyasi mamlakatning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining 7-yig‘ilishini o‘tkazish uchun barcha fundamental hujjatlar to‘plamini tayyorladi. Yig‘ilish sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilishi mumkin.

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi
12 iyul 2023, 16:38

Energetika vaziri O‘zbekiston Rossiya gazi uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligini bildirdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligi, lekin milliy manfaatlar, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, raqobatbardosh narxlar belgilanganini ta’kidladi.

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi
12 iyul 2023, 15:57

Gaz va elektr energiyasi tariflarini tartibga solish mustaqil tuzilmalarga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar, jumladan, elektr energiyasi, gaz, aloqa, yo‘llar va aviatsiya bilan bog‘liq sohalarda bosqichma-bosqich mustaqil bozor regulyatorlari instituti joriy etiladi. Raqobat qo‘mitasi 2025-yilgacha bu bozorlardagi tariflarni tartibga solishni ularga topshirishi kerak bo‘ladi.

Eksporti cheklovi bekor qilingach, O‘zbekiston rekord darajada ko‘p piyoz sotdi
12 iyul 2023, 14:27

Eksporti cheklovi bekor qilingach, O‘zbekiston rekord darajada ko‘p piyoz sotdi

Eksportga qo‘yilgan cheklov bekor qilingach, O‘zbekiston chetga rekord darajada ko‘p piyoz yubordi. Mart oyi o‘rtalaridan iyun oxirigacha tashqi bozorlarga 222,8 ming tonna piyoz jo‘natilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 53 foizga ko‘p. Mahsulotning 90 foizi Rossiya va Qozog‘istonga sotilgan.

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi
12 iyul 2023, 11:01

Raqobat qo‘mitasi endi prezident va Senatga hisobdor bo‘ladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor etib belgilandi. Qo‘mita har yili iqtisodiyotda raqobat muhiti va iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida hisobot berib boradi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 635 so‘mgacha ko‘tarildi
12 iyul 2023, 10:05

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 635 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 12-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 515−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 620−11 635 so‘m.

O‘zbekistonda har bir yangi investorga yordam berish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi
11 iyul 2023, 18:27

O‘zbekistonda har bir yangi investorga yordam berish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi

O‘zbekiston Investitsiya vazirligida har bir yangi investorga hamrohlik qilish uchun “investitsiya menejeri” lavozimi joriy etiladi. Ular bevosita vazirga bo‘ysunadi va xorijiy investorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, yuzaga kelgan masalalarni hal qilib boradi.

“Bizning ruxsatimizsiz birlashsa, jazoga tortiladi”. Raqobat qo‘mitasi raisi — Uzum va Click birlashishi haqida
11 iyul 2023, 14:37

“Bizning ruxsatimizsiz birlashsa, jazoga tortiladi”. Raqobat qo‘mitasi raisi — Uzum va Click birlashishi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi Shohruh Shorahmedov Uzum va Click kompaniyalari qo‘mita ruxsatisiz birlashsa, jazoga tortilishini ma’lum qildi. Avvalroq kompaniyalar o‘zaro birlashgani to‘g‘risida qo‘shma bayonot bergan, keyinroq esa qo‘mita hali birlashuv bo‘yicha rasmiy bitim tuzilmaganini bildirgandi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610−11 615 so‘m etib belgilandi
11 iyul 2023, 09:50

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610−11 615 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 11-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 555 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 615 so‘m.

Alisher Usmonov dividendlardan daromad bo‘yicha Rossiyada 7-o‘rinni egalladi
10 iyul 2023, 15:43

Alisher Usmonov dividendlardan daromad bo‘yicha Rossiyada 7-o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov dividendlardan eng ko‘p daromad olgan rossiyaliklar reytingida 7-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatda milliarder “Metalloinvest”dan 64,7 mlrd rubl dividend olgani ko‘rsatilgan.

OTB O‘zbekiston elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish uchun 125 mln dollar qarz ajratadi
10 iyul 2023, 12:36

OTB O‘zbekiston elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish uchun 125 mln dollar qarz ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 125 mln dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi. Mablag‘ mamlakatning elektr uzatish tarmog‘ini takomillashtirish, xususan, 7 ta viloyatda 359 kilometr uzunlikdagi 12 ta elektr uzatish liniyasini rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.

Banklarda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
10 iyul 2023, 09:45

Banklarda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda

Tijorat banklari 10-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 500−11 570 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 610−11 630 so‘m.

Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi
7 iyul 2023, 20:01

Forbes: Doniyor Komilov Ural KMKning benefitsiar egasiga aylandi

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov Rossiyadagi Ural kon-metallurgiya kompaniyasining yangi benefitsiar egasi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Forbes.

“Yildan-yilga migrantlarning ketishi emas, qaytishi ortmoqda” — Behzod Musayev
7 iyul 2023, 19:31

“Yildan-yilga migrantlarning ketishi emas, qaytishi ortmoqda” — Behzod Musayev

Bandlik vaziri Behzod Musayev yildan-yilga o‘zbekistonlik migrantlarning mamlakatdan ketishi emas, qaytishi soni ortib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, migrantlar 2 mln nafarni tashkil etmoqda. 2022−2023-yillarda tashkiliy tarzda 60 ming kishi ishga jo‘natilgan va ularning o‘rtacha maoshi 1200 dollar bo‘lgan.

“Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”. TMZ — o‘zining moliyaviy ahvoli haqida
7 iyul 2023, 19:14

“Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”. TMZ — o‘zining moliyaviy ahvoli haqida

“Toshkent metallurgiya zavodi” “Gazeta.uz” maqolasiga javoban korxonaning qarzlari tijoriy faoliyat orqali to‘lanishini ma’lum qildi. “Davlat kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas”, deya ta’kidladi TMZ. Avvalroq, O‘zTTJ sud jarayonida zavodning bankrot bo‘lish xavfi borligini bildirgandi.

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
7 iyul 2023, 17:15

Avtomobilda xalqaro tashuv uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishga ruxsatnomalarni ayirboshlash kvotasini belgilash, taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom qabul qilindi.

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi
7 iyul 2023, 15:18

O‘zbekiston may oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi

May oyida O‘zbekiston xorijga 11 tonna oltin sotib, dunyoda oltin sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi. Turkiya 63 tonna ko‘rsatkich bilan qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha yana mutlaq yetakchiga aylandi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610 so‘mga yetdi
7 iyul 2023, 09:51

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 610 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 7-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 480−11 550 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 590−11 610 so‘m.

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi
6 iyul 2023, 21:19

Ayrim toifadagi shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan tovon puli miqdori 55 foizga oshirildi

O‘zbekiston hukumati benzin uchun tovon puli miqdorini 55 foizga oshirdi. Har oylik to‘lovlar ayrim toifadagi shaxslarga beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting