Aprelda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekistonda aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +18…+23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +13…+18 dan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yoriy bo‘ladi.
Toshkentdagi odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda — foto
Toshkent shahri IIBB xodimlar savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini ma’lum qildi.
Ezgu niyatlar taomi. Qishloqda pishirilgan sumalak haqida Xolida Musulmon fotohikoyasi
Sumalak — o‘ziga xos marosimlari bor, pishirilishi oson bo‘lmagan taom. Shu bois qishloqlarda uni bir necha oila bir bo‘lib tayyorlaydi. Farzandlari o‘qishga kirishi, uyida gaz, yurtda esa tinchlik bo‘lishini niyat qilib, qozon kavlaydi. Xolida Musulmon navbatdagi fotohikoyasi — qishloqda tayyorlangan sumalak haqida.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi
O‘zbekistonda dam olish kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin ko‘tarilib, yakshanba kuni +17 darajagacha isiydi, kechalari 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.
Prezident Namangan tumanida yashovchi 108 yoshli nuroniyga Traverse mashinasini sovg‘a qildi
Namangan viloyatida prezident bilan iftorlik paytida uchrashgan 108 yoshli nuroniy Ibrohimjon Xo‘jayevga davlat rahbari tomonidan Traverse avtomobili sovg‘a qilindi.
Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.
Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi
Fevral oyida MTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Umid qilamizki, u erishilgan muvaffaqiyatlarning yanada oshishi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda bor kuch, bilim va tajribasini sarflaydi”, — deb yozdi madaniyat vaziri.
Ekologiya sohasidagi 30 nafar hokim o‘rinbosari va vazirlik mas’uli jazolandi
“Yashil makon” doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindi bilan ishlash tizimiga javobgar 30 nafar mas’ul jazolandi. 4 ta tuman hokimi o‘rinbosarlari ishdan olindi. Qolganlariga hayfsan berildi. Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi
JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.
Bokschi Shohjahon Ergashev professional boks oqshomida raqibini nokautga uchratdi
AQShning Michigan shtatida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Shohjahon Ergashev panamalik Xuan Xuyertasni 1-raunddayoq mag‘lub etdi. Sportchi uni IBA kamari uchun jangda mag‘lub etgan avvalgi raqibi Sabriel Matiasdan revansh jangini so‘radi.
Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (30−31-mart)
Oltita kinopremyera, spektakllar, multimedia ko‘rgazmasi, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, sirk tomoshalari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Farg‘onada nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan 2 yigit qamaldi
Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Ular sog‘lom bo‘lsa-da, navbatma-navbat nogironlik aravachasida o‘tirib tilanchilik qilib yurgan.
Jizzaxda mast holdagi Nexia 2 haydovchisi urib yuborgan 20 yoshli yigit vafot etdi
Forish tumanida mast holda bo‘lgan Nexia 2 haydovchisi yo‘l chetidagi 20 yoshli piyodani urib yubordi. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatmay voqea joyidan qochib ketdi, yigit shifoxonada vafot etdi. Marhum Milliy gvardiya xodimi bo‘lgan.
Iqlim o‘zgarishi vaqtni hisoblashga ta’sir qilishi mumkin — tadqiqot
Kaliforniya universiteti (AQSh) yangi tadqiqotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi oqibatida qutb muzliklarining erishi Yerning aylanish tezligiga ta’sir qilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, global vaqt hisobini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda 2024-yil 1-oktabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi. Shuningdek, davlat ta’lim standartlari va ta’lim talablarining ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.
Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer daraxt ekish uchun obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi
Toshkent viloyatidagi 34 gektar yer 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 mln so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etiladi. Yer tayyor qilinib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.
O‘zbekistonda chiqindini saralash uchun aholiga maxsus paketlar bepul beriladi
O‘zbekistondagi aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi. Bunda aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini saralab, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.
Tojikistonda “Krokus” teraktida aloqador deya gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya xavfsizlik kuchlari bilan birgalikda ISHID va “Krokus siti holl” konsert zaliga hujum qilganlarga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Teraktda jarohatlanganlar soni 380 nafardan ortdi.
Sodiq Safoyev Regbi federatsiyasi raisi etib qayta saylandi
2013-yildan beri Regbi federatsiyasiga raislik qilib kelayotgan Sodiq Safoyev ushbu lavozimga qayta saylandi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” 2023-yilda Afg‘onistonga 91,2 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qildi va 9,6 mln dollarlik elektr energiyasi tranzitini amalga oshirdi. Shuningdek, tashkilot yil davomida magistral elektr tarmoqlari orqali 71,9 mlrd kVt•soat elektr energiyasi uzatdi.
Rossiyada “Krokus"dagi teraktni oqlab chiqqan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
Rossiyaning Oltoy o‘lkasida O‘zbekiston fuqarosi Moskvadagi “Krokus Siti Holl"da sodir etilgan terakt haqida omma oldida aytgan fikrlari uchun terrorizmni oqlaganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Prezident IIV va Milliy gvardiyaga ehtimoliy teraktlarning oldini olish choralarini ko‘rishni topshirdi
Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga aholi gavjum joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
FTX kriptobirjasi asoschisi 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Nyu-York sudi FTX kriptobirjasi asoschisi Sem Benkman-Fridni mijozlardan milliardlab dollar o‘g‘irlagani uchun 25 yilga ozodlikdan mahrum qildi. AQSh prokuraturasi buni Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri deb atadi.
Vazirlar va boshqa amaldorlar — avtobus va metroda. Toshkentda “Avtomobilsiz kun” qanday o‘tdi?
“Avtomobilsiz kun"da bir qator amaldorlar ishga jamoat transportida keldi. Transport vaziri — avtobusda, ekologiya vaziri — metroda, Bojxona qo‘mitasi raisi — velosipedda, raqamli rivojlanish vaziri va MB raisi esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari uzoq vaqt davomida “zebra"dan o‘ta olmadi.
“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:
“Shamollagan bolani muzqaymoq bilan davolaydi”. Xorijdagi o‘zbekistonliklar — o‘zlari yashayotgan mamlakat tibbiyoti haqida
Tibbiyot — O‘zbekistondagi og‘riqli mavzulardan. Xorijda-chi, u yerda ahvol qanday? Tibbiyot bepulmi yo pulli? Shifokorlar malakasi qanday? Tomog‘i og‘rigan odamga muzqaymoq yeyish tavsiya etilishi rostmi? Dori-darmon bilan bog‘liq vaziyat qanaqa? “Gazeta.uz” shu kabi savollar bilan xorijdagi vatandoshlarga yuzlandi.