Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida yashovchi 108 yoshli Ibrohimjon Xo‘jayevga Traverse rusumli avtomobil sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Namangan24.uz.

Davlat rahbari 25-mart kuni Namangan viloyatiga tashrifi doirasida iftorlikda ishtirok etgandi. So‘ng tadbir davomida duo o‘qigan mehnat qahramoni Ibrohimjon Xo‘jayev bilan suhbatlashdi.

Nashrning yozishicha, sovg‘a Ramazon oyi munosabati bilan berilgan.

UzAuto Motors Chevrolet Traverse krossoverini 689,73 million so‘mga chegirma bilan sotmoqda.