Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Rubsovskiy shahri sudi O‘zbekiston fuqarosini terrorizmni oqlaganlikda ayblab, hibsga olishga qaror qildi, deb xabar qildi viloyat sudi matbuot xizmati.

Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga erkakning 24-mart kuni Moskvadagi “Krokus Siti Holl”da sodir etilgan terakt haqida Rubsovskdagi do‘konlardan birida qilgan ommaviy bayonoti sabab bo‘lgan, deyiladi xabarda.

31 yoshli erkak 27-mart kuni (matnda faqat uning initsiali ko‘rsatilgan — A.) qo‘lga olingan. U Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi (Terrorizmga ommaviy da’vat qilish, uni oqlash yoki tashviqot qilish) bo‘yicha ayblanganmoqda. Ushbu moddada nazarda tutilgan eng og‘ir jazo besh yillik qamoq hisoblanadi.

Xabarda aytilishicha, ayblanuvchining Rossiyada doimiy yashash joyi yo‘q, ro‘yxatdan ham o‘tmagan. Sud uni ikki oyga hibsda qoldirdi.

  • 22-mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zaliga bir necha qurollangan shaxs bostirib kirib, odamlarga qarata o‘t ochgan. Ular binoni ham yoqib yuborgan, oqibatda u butunlay yonib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 143 kishi halok bo‘lgan, 360 dan ortiq kishi jarohatlangan.
  • Hujumni sodir etganlikda gumon qilinib, 11 kishi hibsga olingan. Asosiy ayblanuvchilar sifatida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ko‘rilmoqda.