dayjest

“Tashabbusli budjet"ning “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi qanday ishlaydi? Vazirlik javobi

Endi “Tashabbusli budjet"dagi loyihalarda “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi amal qiladi. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi. Moliya vazirligiga ko‘ra, “SIM kartani kim ishlatayotgani ahamiyatsiz, u kimning nomidaligi muhim”. Batafsil.


dayjest

Foto: Toshkentda qor bo‘roni

Fevral oyining birinchi kunida Toshkentni qor qopladi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ana shu lahzalarni kameraga muhrladi.


dayjest

1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi

O‘zbekistonda zarur ish staji yo‘q keksalar, nogironligi bo‘lgan bolaga qarovchi vakillar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarning nafaqasi miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi. Avval bu miqdor 608 ming so‘m edi.


dayjest

O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston mudofaa vaziri v.b. bilan uchrashdi

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.


dayjest

Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni mavjudligi haqida e’lon berdi. Fuqarolar hamshiralik, haydovchilik kasblari, shuningdek, mehmonxona, restoran, turizm va boshqa sohalarda ishlashi mumkin.


dayjest

“Kimdir O‘zbekiston o‘yinidan qoniqmasa, bu ularning muammosi”. Srechko Katanets — Tailand ustidan qozonilgan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Tailandga qarshi o‘yindan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, terma jamoadagi jarohat olganlar, Osiyo Kubogi chorak finalida Qatar bilan bo‘lajak uchrashuvdan umidlari va taktika tanlash haqida gapirdi.


dayjest

O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya 0,64 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasida meva-sabzavotlarining narxi oshishi asosiy omilga aylandi. Shuningdek, chiqindi xizmati, benzin va propan narxlari oshdi.


dayjest

Tadbirkorlar reytingi qanday tuziladi? Mezonlar

O‘zbekistonda tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblash uchun 23 ta mezon, jumladan, 9 ta jarima va 4 ta rag‘batlantirish qo‘llanadi. Bu kompaniyaning faoliyat davri, rentabellik darajasi, ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasining mavjudligi, xodimlar ish haqi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.


dayjest

2023-yilda lavozim jinoyati uchun sudlangan mansabdor shaxslar soni qariyb 15 foizga oshdi

2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.


dayjest

“Paxtakor” futbolchisi APLning “Brentford” klubiga ijaraga berildi

“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijara asosida o‘tdi. U Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishi mumkin.


dayjest

Qachondan haydovchilik guvohnomasi bilan ichki reyslarda uchish mumkin? Uzbekistan Airports javobi

Hukumat 2017-yilda haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomini bergandi. Uzbekistan Airports mahalliy aeroportlarda mazkur guvohnomalar qachondan tan olina boshlanishi haqida izoh berarkan, hozirda idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanayotganini bildirdi.


dayjest

Qozog‘iston parlamenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatda kaltaklashga ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.


dayjest

Xususiy maktablar tashkil etishda imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda 2025-yildan yangi qurilgan xususiy maktab binolarida 5 yil davomida kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Maktab binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.


dayjest

“Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi

“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.


dayjest

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 mlrd yevrolik yordam paketi berishga kelishib oldi

Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati Ukrainaga 50 mlrd yevro miqdoridagi yordam paketini berishga rozi bo‘ldi. “Biz nima xavf ostida turganini bilamiz”, — dedi Yevrokengash rahbari Sharl Mishel. Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban paketga qarshi chiqqan edi, biroq YeI u bilan murosaga erisha oldi.


dayjest

AQShda O‘zbekistonga aloqador ikki kishi immigratsion firibgarlikda ayblandi

AQSh prokuraturasi O‘zbekiston fuqarosi va Amerika fuqaroligiga ega o‘zbekistonlikni immigratsion firibgarlik va AQSh hukumatini aldashda ayblamoqda. Ular ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


dayjest

1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi, kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri bo‘lishi talabi etiladi, ayrim nafaqa miqdorlari oshadi — 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?


dayjest

Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?

Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

“Bundan xalq ko‘proq ziyon ko‘radi”. Odamlar — huquq-tartibot xodimlari tasvirini internetda tarqatishga oid yangi norma haqida

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ish faoliyatiga oid tasvirlarni ularni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” ushbu tartib bo‘yicha aholi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.