O‘zbekiston hukumati 1-fevraldan boshlab tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini hisoblash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Bu haqda tegishli hujjatga tayanib Spot xabar bermoqda.

Mezonlar uch toifaga bo‘lingan — umumiy, ballarni kamaytiruvchi va qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkichlar.

Tadbirkorlar reyting doirasida toifalarga bo‘linadi: AAA (96−100 ball), AA (91−95) va A (86−90) — yuqori barqarorlik darajasi, BBB (76−85), BB (66−75) va B (56−65) — o‘rtacha, CCC (51−55), CC (36−50) va C (26−35) — qoniqarli, D (25 gacha) — quyi.

Reyting Soliq qo‘mitasining elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasi veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Umumiy mezonlar

Dastlabki 10 ta mezon hamma uchun umumiy asosda baholanadi. Ushbu toifadagi maksimal ball — 100.


MezonBallar
1Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kompaniyaning faoliyat muddati (harakatsizlik davri hisobga olinmaydi)Har bir yil uchun 2 ball (5 yil va undan yuqorisi uchun — 10)
2Xalqaro standartlarga muvofiq hisobotni hisobga olgan holda EBITDA (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi daromadlar) bo‘yicha rentabellik darajasi25−50 foiz — +2;
50−70 foiz — +5;
70 foizdan ortiq — +10.
3Ko‘chmas mulk yoki yer uchastkalari, foydalanilayotgan yer uchastkalari (shu jumladan, uzoq muddatli ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari), shuningdek, mulk yoki ijara huquqi asosidagi ko‘chmas mulkning mavjudligiijara uchun — +7;
mulk huquqi uchun — +10.

agar ular mavjud bo‘lmasa va tadbirkor ko‘rsatilgan manzilda ishlamasa — minus 5;
4Bir xodimning ish haqi jamg‘armasidagi ulushining tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbati25 foizdan kam — 2;
25−50 foiz — 4;
50−75 foiz — 6;
75−99 foiz — 8;
100 foiz yoki undan ko‘p — 10.

Agar ish haqi eng kam ish haqidan past bo‘lsa (EKIH — 1,05 mln so‘m), u holda — minus 5;
5Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish (bir kalendar oy ichida barcha hisobotlar)O‘z vaqtida — 10;

Agar kechiktirilsa yoki umuman taqdim etilmasa — 0.
6Hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash (har oyda)O‘z vaqtida — 10;

Kechiktirilgan yoki umuman to‘lanmagan bo‘lsa — 0.
7Soliqlarni to‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi asosida to‘lash10 (agar inkasso orqali bo‘lsa, minus 5);
8Belgilangan muddatda yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni ro‘yxatdan o‘tkazish (so‘mning EHF aylanmasiga nisbati)25 foizdan kam — 1;
25−50 foiz — 2;
50−75 foiz — 5;
75−99 foiz — 7;
100 foiz — 10;
9EHF doirasida sotib olingan tovarlar yoki xom ashyoni sotish; tovar va xom ashyoni sotib olish va sotish nisbati
50−70 foiz — 5;
70 foizdan ortiq — 10;

agar sotib olingan tovarlar va xom ashyoning 70 foizdan ortig‘i qoldiqda qolsa, minus 5
10Soliq organlarining auditdan oldingi tahlili davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishxatolarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish — 7;
kamchiliklar yo‘q — 10;

tuzatilmagan yoki kamchiliklarning mavjud emasligi asoslantirilmagan bo‘lsa — minus 5

Ballarni kamaytiruvchi mezonlar

Huquqiy talablarning buzilishi, shuningdek, boshqa shubhali harakatlar qayd etilgan taqdirda reyting tushirilishi mumkin.


MezonBallar
1So‘nggi 12 oy ichida kompaniyaning ish joyini (pochta manzilini) uch yoki undan ortiq marta o‘zgartirish-5
2So‘nggi 12 oy ichida kompaniya direktorining uch yoki undan ko‘p marta o‘zgarishi-5
3Oxirgi 3 yil ichida kompaniya direktori yoki ta’sischisining jinoiy hukmi yoki bankrotligi-5
4Avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritishbir o‘zgartirish uchun -1 ball (maksimal 5)
5QQS to‘lovchi sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish-10
6Soliq qarzlarini mol-mulk hisobidan undirish (jarima to‘langanidan keyin olib tashlanadi)-5
7Soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortishma’muriy — 2;
jinoiy — 5.
8MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish (oyiga kamida 2 marta)-5
9Kreditorlik qarzlarini undirish bo‘yicha sud jarayonlari (12 oy ichida ikki yoki undan ko‘p marta)-10

Qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar

Reytingni ijtimoiy faollik orqali ham yaxshilash mumkin.


MezonBallar
1Xodimlar orasida muhtoj shaxslarning (ijtimoiy himoya yagona reyestri, “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlaridagi), shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulushi.10−20 foiz — 5;
20 foizdan ortiq — 10;
2Eng kam ish haqidan yuqori ish haqi oladigan xodimlar sonining yillik o‘sishi (yangi kompaniyalar uchun dinamika oldingi oyga nisbatan ikkinchi oydan boshlab hisoblanadi)

1−10 foiz — 2;

10−20 foiz — 4;

20−30 foiz — 6;

30−40 foiz — 8;

40−50 foiz — 10;

50 foizdan ortiq — 15;

3To‘langan QQS miqdori tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,1 baravar yuqori bo‘lsa yoki eksportdan olingan daromad umumiy daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS to‘lovchilar uchun — oyiga BHMning kamida 10 baravari)10
4Aylanmadan olinadigan soliq to‘langan miqdori tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,1 baravar yuqori bo‘lsa yoki eksport daromadi umumiy daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa (QQS to‘lovchilar uchun — oyiga BHMning kamida 10 baravari) (AOS to‘lovchilar uchun oyiga BHMning kamida 1 baravari)10

Eslatib o‘tamiz, reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi. “AAA” reytingiga ega bo‘lgan korxona soliq tekshiruvidan o‘tkazilmaydi (jinoyat ishlari bo‘yicha tekshiruvlar bundan mustasno). QQS summalari tekshiruvlarsiz bir kun ichida qaytariladi (hozirda 7 kundan 30 kungacha).

4 va 5-soliq toifalaridagi hududlarda faoliyat yurituvchi “AA” va undan yuqori reyting bahosiga ega bo‘lgan tadbirkorlar bo‘lib to‘lashga sotiladigan davlat mulki va yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Xususan, davlat mulki va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi uchun kamida 15 foiz boshlang‘ich to‘lov to‘lansa, qolgan mablag‘ 5 yil (hozirda 3 yil) ichida to‘lanishi mumkin. Bunda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha yillik foizlar hisoblanmaydi.

Reytingi “A” va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha to‘langan soliq summalari (QQSdan tashqari) uch kun ichida (hozirda 15 kun) qaytariladi. Bundan tashqari, tovar va xizmatlarni import qilish va sotishda to‘langan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi qo‘llanadi.

Ushbu rag‘batlantirish choralari davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan davlat korxonalari va kompaniyalariga tatbiq etilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda joriy etilayotgan reyting “tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim” ekanini ta’kidlagandi. Shuningdek, u yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘layotganini aytgan.