dayjest

G‘elonliklar qishni qanday o‘tkazadi? Qishloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi

Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.


dayjest

YIB O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga transportni rivojlantirish uchun deyarli 1,5 mlrd yevro ajratadi

Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi transport loyihalarini 1,5 mlrd yevroga moliyalashtiradi.


dayjest

Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston Tailandni yengib, chorak finalga chiqdi

Osiyo kubogining nimchorak final bahslarida O‘zbekiston futbolchilari Tailandni yengib, ¼ final bosqichiga yo‘l oldi (video, foto). Ular chorak finalda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.


dayjest

Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi transport aloqasiga 10 mlrd yevro sarmoya kiritiladi

Yevropa va xalqaro moliya institutlari Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi barqaror transport aloqalari uchun 10 mlrd yevro ajratadi. Investitsiyalar Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirishga yo‘naltiriladi, shunda yuklar u orqali 15 kun ichida o‘tishiga erishiladi.


dayjest

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2021-yildan beri egallab kelgan lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U hukmron partiyani 2024-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorlash uchun boshqaradi.


dayjest

Yevrokengash rahbari Sharl Mishel iste’foga chiqish fikridan qaytdi

Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevroparlamentning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarida qatnashishdan bosh tortdi, u o‘z lavozimida qolishni rejalashtirmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mishel lavozimidan ertaroq ketish haqidagi qaroriga bo‘lgan “keskin munosabat” sababli rejalarini qayta ko‘rib chiqqan.


dayjest

Qashqadaryoda tovlamachilikda ayblangan bloger 5 yilga qamaldi

Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.


dayjest

Surxondaryoda maktab-internatning 30 dan ortiq o‘quvchisi zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.


dayjest

Qashqadaryo viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.


dayjest

“Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas topshirildi

Ekologiya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi doirasida Global ekologik fond mablag‘lari hisobidan “Janubiy Ustyurt” va “Markaziy Qizilqum” milliy tabiat bog‘lariga ikkita yo‘ltanlamas avtomobil xarid qilindi.


dayjest

JICA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratadi

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasi uchun 200 mln dollar ajratadi. Uning 40 mln dollari terini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida beriladi.


dayjest

“Toshkentda yangi kvartiralar narxi kv. m uchun 25 mln so‘mga yetyapti”. Prezident — quruvchilar uchun qimmat kreditlar haqida

Toshkentda yangi kvartiralar narxi 1 kv. metrga 25 mln so‘mga yetdi va kadastri yo‘q uyga ipoteka berilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va aholining uy-joy qurilishida ulushdor sifatida ishtirokini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi.


dayjest

Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari “Mening uyim” tizimi orqali ijaraga beriladi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini ijaraga berish masalasi muhokama qilindi. Unda 2000 ta yerto‘la foydalanilmay bo‘sh yotgani, ularni ijaraga berish mahallalarda ish o‘rinlarini yaratib, daromad keltirishi ta’kidlandi.


dayjest

O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish 6,9 foizni tashkil etdi — hisobot

Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.


dayjest

Qozog‘istondagi portlash oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik erkak jarohatlandi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.


dayjest

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 180 mamlakat ichida 121-o‘rinni egalladi. Yil davomida mamlakat besh pog‘onaga ko‘tarildi. Tashkilot ekspertlari korrupsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun “keng qamrovli islohotlar” zarurligini ta’kidladi.


dayjest

“Dunyo” axborot agentligiga rahbar tayinlandi

Omonulla Fayziyev Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekistondagi 12 ta avtolizing korxonasi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.


dayjest

Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.


“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:

dayjest

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.