30-yanvar kuni Qatarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo chempionatining nimchorak finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi uchrashuvda 2:1 hisobni qayd etib, chorak finalga chiqdi.

O‘yin “Al-Janub” stadionida bo‘lib, uni malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin bosh hakam sifatida boshqardi. Uchrashuv davomida havfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, 37-daqiqada Diyor Xolmatov uzatgan to‘pni Aziz Turg‘unboyev darvozaga kiritib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida zaxiradan o‘yinga tushgan tailandlik Sarachat Supachok hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasiga gol kiritdi va O‘zbekiston jamoasini 2:1 hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning asosiy qismida boshqa aniq o‘zgarish bo‘lmadi. Bosh hakam 7 daqiqa qo‘shimcha vaqt berdi. Yakunda milliy terma jamoa 2:1 natija bilan Tailand futbolchilari ustidan g‘alaba qozondi.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi chorak final o‘yinini 3-fevral kuni musobaqa mezboni — Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi (Qatar ¼ finalga Falastinni 2:1 hisobida yengib, chiqdi).

Milliy terma jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlagandi — Hindiston ustidan g‘alaba, Suriya va Avstraliya bilan durang.

Foto:

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023

осиё кубоги 2023