O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.

“O‘g‘limga yana bir imkon beringlar”. Nashida ortidan qamalgan talabaning onasi prezidentga murojaat qildi

Nashida yuborishi ortidan 3 yilga qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovning onasi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. “Nashida mumkinmasligi nega televizorda aytilmaydi, biz qayerdan bilamiz u nashida ekanini?” deya savol bilan yuzlandi Gulchehra Umarova va o‘g‘liga yana bir imkon berishlarini so‘radi.

Nashida uchun 3 yilga qamalgan yigitning harakatlarini tergov idoralari to‘g‘ri malakalagan — Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB 21 yoshli yigit nashida uchun 3 yilga qamalgani bo‘yicha aytilayotgan ayrim fikrlar noxolisligi, tergov idoralari ishni to‘g‘ri malakalaganini bildirdi. U Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkiloti ma’ruzalarini tinglab, ularning g‘oyaviy ta’siriga tushgan, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami uchun YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan yangi sanksiyalarni muhokama qilmoqda. Reuters insayderlariga ko‘ra, Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan Xitoy, Eron, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalari qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi sirtdan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Nukus voqealari bo‘yicha “Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Amanbay Sagidullayev (Norvegiyada yashaydi) va Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev aybli deb topilib, sirtdan mos ravishda 18 va 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi. 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari korpusini shakllantirish uchun majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi

Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.

O‘zbekistonda antidoping nazorati raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda antidoping nazorati va monitoringi raqamlashtiriladi. Bunda doping-test nazoratini tashkil qilish, sportchilar ma’lumotlari kiritiladigan onlayn tizim, shuningdek, antidoping ta’lim elektron platformasi yaratish, Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish platformasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

MND France kompaniyasi Chimyon xalqaro kurortini quradi

Bo‘stonliq tumanida Fransiya kompaniyasi tomonidan Chimyon xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi. Kurort yiliga 3,1 million kishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi

Korxonalar bilan malakali ishchilar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Prezident kredit va subsidiyalar ajratish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Surxondaryo hokimi topshiriqlarni bajarmagani uchun barcha o‘rinbosarlarini ogohlantirdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmagani uchun” barcha o‘rinbosarlariga ogohlantirish berdi. Shuningdek, qator hududlarda tuman hokimlari o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanadigan bo‘ldi.

“Yuksalish” bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi tafsilotlarini ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati Bosh prokuratura aralashuvidan keyin yopilgan, bayroq rangli tasma taqqan yigit bilan bog‘liq ish tafsilotlarini oshkor qilishga chaqirdi. Noqonuniy talab qo‘ygan IIB xodimlari va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berildi? — deb so‘radi harakat raisi.

Qashqadaryoda uydagi yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Koson tumanidagi mahallarning biridagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uning oqibatida xonadon egasining turmush o‘rtog‘i kuyish tan jarohati olishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.

Samarqandda gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 1 kishi jarohatlandi

Paxtachi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa tufayli, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta Isuzu yonib zararlandi, 1 kishi jarohat oldi.