O‘zbekistonda sil, gepatit B va qandli diabet bilan kasallanish kamaygan − PMTI

Respublikada 2017-yildan 2021−2022-yilgacha bo‘lgan davrda sil, gepatit B va 2-toifa qandli diabet bilan kasallanishi kamaygan. Shuningdek, aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish tufayli hayotdan ko‘z yumish ko‘rsatkichi (har 100 000 kishiga) 2017-yildagi 7,5 nafardan 2021-yilda 6,4 nafargacha kamaygan.

O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning o‘rtacha narxi 27,7 foizga oshdi

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 134,2 mln dollarlik 5026 dona avtomobil olib kirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 922 ta avtomobilga kamaygan, biroq ularning o‘rtacha qiymati 20,9 ming dollardan 26,7 ming dollarga oshgan. Yetkazib berish geografiyasi ham o‘zgardi.

O‘zbekistonda isitish tizimlari biznes boshqaruviga beriladi

Prezident xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimini yangilash va boshqarish bo‘yicha Andijon tajribasini O‘zbekiston bo‘ylab joriy etish topshirig‘ini berdi. Bunda isitish tizimlari tadbirkorlarga 10 yilga beriladi va ularning xizmatlari davlat tomonidan sotib olinadi.

Jaxongir Xidayxodjayev Migratsiya agentligi boshlig‘i bo‘ldi

Jaxongir Xidayxodjayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Agentlikning sobiq rahbari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha aybli deb e’lon qilinib, hibsga olingandi.

Adliya vazirligining sobiq xodimi hibsga olingani aytilmoqda

Tarmoqlarda Adliya vazirligining bo‘lim bosh maslahatchisi hibsga olingani aytilgan xabar tarqaldi. Vazirlik xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotganini bildirib, u hamkasblari sha’nini kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib kelganini ma’lum qildi.

Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirgan 3 shaxs uzoq muddatga qamaldi

Toshkentda IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining katta tezkor xodimi o‘ldirildi. Uning jasadi yoqilib, kanalga tashlab yuborilgan. Uch nafar ayblanuvchi uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etiladi.

O‘zbekistonda 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda sel kelishi kutilmoqda

Respublika bo‘ylab 5−7-aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. Ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi kuzatiladi.

Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etadi. So‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

OAV: Maxam Londonda O‘zbekiston hukumatiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi

Ispaniyaning Maxam korporatsiyasi “Maksam-Chirchiq kimyo zavodidagi ulushi bo‘yicha uzoq davom etgan mojaro tufayli” O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj ishini qo‘zg‘atdi, deb yozadi Eurasianet. Tomonlar kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qila olishmagan.

Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaning milliy elektromobilidan yuboradi

Turkiya prezidenti mamlakatda ishlab chiqarilgan ilk milliy elektromobil — Togg`ning birinchi egasi bo‘ldi. Erdog‘an yaqin kunlarda ushbu mashinadan Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevga ham yuborilishini bildirdi.

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimida ish boshladi

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi vazifasini bajarishga kirishdi. U bu lavozimda Javlon Vahobovning o‘rnini egalladi.

36 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importiga bojlar vaqtincha bekor qilingani narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

O‘zbekistonda 36 turdagi tovarlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangani ba’zi narxlar pasayishiga olib keldi. Shokolad, sabzavot va meva konservalari, mol go‘shti arzonlagan bo‘lsa, yogurt, qaymoq, tvorog kabi sut mahsulotlari narxi o‘zgarmadi. Choy, kofe, sabzavot, murabbolar narxi biroz oshgan.

Xorijdagi referendum o‘tkaziladigan uchastkalar xaritasi tuzildi

Xorijda yashayotgan o‘zbekistonliklar referendum o‘tkaziladigan 55 ta uchastkaning manzilini interaktiv xarita orqali aniqlashi mumkin.

Qo‘qon pedagogika instituti yotoqxonasida qizlarning xonasidan yashirin kamera topildi

Qo‘qon pedagogika instituti talabalari yotoqxonadagi xonaga yashirin kamera o‘rnatilganini bildirdi. Qizlarning so‘zlariga ko‘ra, shikoyatga javoban prorektor ularga IIBga murojaat qilgani uchun tanbeh bergan, rektor esa “institut mulkiga” zarar yetkazganini tanqid qilgan. Vazirlik holatni nazoratga oldi.

“Ayol buyum emas”. O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi ijtimoiy loyiha boshlandi

Xorazmda mansabdorlar mehribonlik uyi qizlarini muntazam zo‘rlab kelgani ortidan bir guruh yoshlar “Ayol buyum emas” shiori ostidagi ijtimoiy loyihaga qo‘l urishdi. Ular “Gazeta.uz” bilan suhbatlashar ekan, ular “davlat o‘z vazifasini eplolmasa, faol insonlar o‘zi harakatga tushishi zarur”ligini ta’kidlashdi.