«Tashabbusli budjet» loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.

Toshkent viloyatida erkak ikki fuqaroni pichoqlab, yoqib yubordi

Yangiyo‘l tumanida erkak ijaraga berilgan yer maydonlari uchun haq talab qilgan ikki nafar firma xodimini pichoqlab o‘ldirib, yoqib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksionda yer sotib olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga auksion orqali yer sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Xarid xarajatlariga qarab ular BHMning 100 baravarigacha miqdorda kompensatsiya olishi mumkin.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida 54-o‘rinni egalladi

2023 yil uchun baxtli mamlakatlar reytingida (World Happiness Report) O‘zbekiston 1 pog‘ona pastlab, 54-o‘rinni egalladi. Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari orasida reytingda 44-o‘rinni qayd etgan Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Finlyandiya oltinchi yildirki dunyoning eng baxtli mamlakati bo‘lib turibdi.

Diyora Keldiyorova Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turnirida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Distriya Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Saida Mirziyoyeva AQShdagi «Tinchlik korpusi» va Oq uyda uchrashuvlar o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi sektor rahbari Saida Mirziyoyeva AQShga tashrifi chog‘ida Amerika «Tinchlik korpusi» ko‘ngillilarining O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tiklash va gender tengligini birgalikda targ‘ib qilish masalalarini muhokama qildi.

Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyati prokurori bo‘ldi

Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Bektosh Sayipov Qashqadaryo viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Agrippina Shinga 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi

Farrux Boboyev Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar, Oyatillo Raxmatillayev va Nodir Muslitdinov esa o‘rinbosarlar etib tayinlandi.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 16 kishi zilzila oqibatida vafot etgan

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda 6 marta 6−8 balli zilzila ro‘y bergan. Ularda jami 16 kishi vafot etgan, 54 kishi jabrlangan. Iqtisodiy zarar miqdori 84 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

O‘zbekistonda prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqildi

O‘zbekiston fanlar akademiyasi katta yoshdagi erkaklardagi prostata bezi rakini samarali davolovchi dori ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

Soliq qo‘mitasi Yandex Go xizmatlaridan tushgan daromad O‘zbekistonda qanday taqsimlanishini ochiqladi

Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarga javoban Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda Yandex Go xizmati qanday tartibga solingani, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan daromad taqsimoti, kompaniya va taksi xizmati qancha soliq to‘lashi haqida ma’lumot berdi.

«Alga Karakalpakstan» partiyasi yetakchisi Nukus voqealari bo‘yicha ayblanmoqda

Amanbay Sagidullayev («Alga Karakalpakstan» partiyasi yetakchisi, Norvegiyada yashaydi) va Niyetbay Urazbayev (Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili) Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda ayblanmoqda. Sud ularning ishtirokisiz bo‘lib o‘tyapti.

S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklaydi

5 maydan Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi. Qatnovlar 2021 yilda to‘xtatilgandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Nima o‘qiymiz? Tarixchi Dilnoza Duturayeva tavsiya qiladi

«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.