O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

Oliy ta’lim vaziri ishsiz bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan universitetlar yopilishini bildirdi. Munosabatlar

«Ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy o‘quv yurtlari sifatsiz ta’lim beruvchi muassasa sifatida tan olinadi va ularning faoliyati tugatilishi mumkin», — dedi O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Bayonot tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. Vazirlik bunga javob qaytardi.

Toshkentda aholidan kommunal xizmatlar uchun yig‘ilgan 158,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi

Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 158,5 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston hukumati departamentini boshqargan Akmal Jumanazarov energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Farg‘onada turk kompaniyasi 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurishi mumkin

Turkiya kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishi mumkin. Investorlarga ularni qurish uchun uchta tumanda joy tanlash taklif qilindi.

Harbiy prokuratura Toshkent viloyatida harbiy xizmatchining o‘limida jinoyat tarkibini aniqlamadi

Toshkent shahri harbiy prokuraturasi harbiy xizmatchi Mirjalol Imomovning o‘lim holatini o‘rganib, unda biror shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibini aniqlamadi. Tergovgacha tekshiruv materiallariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. Shu bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi rad etildi.

Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Termiz tumanida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

2023 yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi

Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

«Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi bir kunga yopiladi

18 fevral kuni Toshkent metropolitenining «Do‘stlik-2» bekatidan to «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan qismi texnik ishlar sabab ishlamaydi. Harakat 19 fevraldan yana tiklanadi.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020 yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Tarix soxtaliklaridan xoli kitob — «Boburnoma»ni nega o‘qimaymiz?

Shoh Boburning durdona memuarini to‘liq o‘qiganlar kam. Aksarimiz darslikdagi parchalar bilan kifoyalanganmiz. Tili, uslubi qiyinligini bahona qilamiz. Lekin oramizda shunday o‘quvchilar borki, farzandlarining ismlarini Bobur mirzoga atab qo‘ygan. «Gazeta.uz» ana shunday kitobxonlar bilan suhbatlashdi.

«Diqqat, diqqat, radiouzeldan gapiramiz!». O‘zbekistonda radio faoliyati qanday boshlangan?

O‘zbekistonda radio eshittirishlar qachondan boshlangan? Dastlabki radio eshittirish qancha davom etganu, unda nimalar efirga uzatilgan? O‘zbekistondagi ilk radiosuxandon kim? 13 fevral — Butunjahon radio kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» O‘zbekistonda radioning boshlang‘ich davri tarixini hikoya qiladi.

Yoshlar nima xohlaydi?

Yoshlar davlat va jamiyatdan nima istaydi? YouTube’dagi «Ular» loyihasining yangi soni shu mavzudagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik davlatdan erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlashni, jamiyatdan esa shaxsiy hayotga «burun suqmaslik»ni so‘ragan. «Gazeta.uz» yoshlarning fikrlarini bir sahifaga jamladi.