«Men tanilishim kerak, derdi. Tirigi emas, o‘ligi tanildi» — Yangihayotda o‘ldirilgan 12 yoshli qiz haqida

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi 1 fevralga o‘tar kechasi o‘zi yashagan uy oldidan topilgandi. Qizni qidirish ishlarida uni o‘ldirishda gumon qilinayotgan qo‘shni yigitning o‘zi ham qatnashgan. Qizning onasi prezidentga murojaat qilib, aybdorga «eng oliy jazo» tayinlanishini so‘radi.

Nukus voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud 6 fevral kuni boshlanadi

Qoraqalpog‘iston voqealarining yana 39 nafar ishtirokchisi ustidan sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi. Ayblanuvchilar JKning «talonchilik», «ommaviy tartibsizliklar», «noqonuniy o‘qotar qurol saqlash» va boshqa moddalarida ayblanmoqda. Ba’zi ayblanuvchilarning qayerdaligi bir necha oy davomida noma’lum edi.

Qoraqalpog‘istonda fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish aksiyasi boshlandi

Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi fuqarolarning foydalanilmayotgan buyumlarini ehtiyojmandlarga tarqatish bo‘yicha aksiyani boshladi. Boshqarmaning Nukusdagi binosi oldiga «saxovat konteyneri» o‘rnatildi. Odamlar keltirgan buyumlar shu yerda to‘planib, ehtiyojmandlarga yetkazib berilmoqda.

Metan «zapravka»larga 5 barobar ko‘p gaz yetkazib beriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro tashuvlarni soddalashtirishga intilmoqda

Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tarif va notarif to‘siqlarini bartaraf etish, bozorlarga kirishni soddalashtirish bo‘yicha kelishuv tuzish va yashil hamda ekspress yo‘laklar orqali bojsiz sxemalarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatladi.

Sirdaryoda 1,3 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi

Sirdaryo IESda quvvati 1,3 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu esa qo‘shimcha 2,3 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish hamda yiliga 750 ming kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Yanvarda elektrdan 5,6 mlrd so‘mlik noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Yanvar oyida O‘zbekistonda 33 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste’moliga teng bo‘lgan 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 511 ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Jizzaxda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Ulardan ikki nafari talaba bo‘lgan. Hodisaga isitish tizimining tabiiy gazdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ekani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkentda Anhor kanali bo‘yidagi obyekt qurilishi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Anhor kanali bo‘yida obyekt qurilishi davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Jamoatchilik bunga qarshilik bildirdi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha ogohlantirishga qaramay jarayonni davom ettirgan. Hozirda qurilish ishlari to‘xtatildi.

Andijonda 5 yoshli qiz shifokorlar aybi bilan vafot etgani aytilmoqda

Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida 5 yoshli qiz vafot etgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha birlashma shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Pokiston va Xitoy elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov missiyasini yakunlayotgan Pokiston va Xitoy elchilari bilan uchrashdi. Vazir elchilardan hamkasblariga salom yetkazishni so‘radi.

Toshkentda 22 yoshli yigit diniy qo‘shiqlarni tarqatgani uchun 5 yilga qamaldi

Texnika universiteti 4-kurs talabasi diniy qo‘shiqlarni tanishlari orasida tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Diniy qo‘mita xulosasiga ko‘ra, aqidaparastlik g‘oyasiga asoslangan ushbu nashidani O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlanadi.

Toshkentda ayollar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkaziladi

Poytaxtda 10−12 fevral kunlari qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda yigirmadan ortiq davlat vakillari ishtirok etadi.

«Ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlar olib tashlandi

Mobile Retail (Elmakon brendi)ning «ikkinchi xotin» uchun texnika reklama qilingan bannerlari demontaj qilindi, deb xabar berdi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi. Davlat idorasi buni reklama to‘g‘risidagi qonunga zid deb baholadi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari biroz yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja atrofida bo‘ladi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Xorazmda fermer noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilib, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ygani aytilmoqda

Xorazmda fermer xo‘jaligi rahbari 7,3 gektar sug‘oriladigan yerda noqonuniy sun’iy ko‘l tashkil qilganlikda gumonlanmoqda. Buning ortidan u nobudgarchilikka yo‘l qo‘yib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Ukraina elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko bilan uchrashdi. Muloqotda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston 2022 yilda yengil avtomobillarni eng ko‘p Xitoydan import qildi

O‘zbekiston 2022 yilda 34 ta davlatdan yengil avtomobil import qildi. Statistika agentligiga ko‘ra, eng ko‘p mashina Xitoydan (11 159 dona) olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Koreya, Qozog‘iston va Rossiya qayd etilgan.