Samarqand aeroporti sammit munosabati bilan yana yopiladi

Samarqand aeroporti to‘rt kun — 8−11 noyabr kunlari yopiladi. Bu kunlarda shahar Turkiy davlatlar tashkilotining sammitiga mezbonlik qiladi.

Germaniya «Yallama» chegara bojxona postiga qariyb 100 ming dollarlik texnik vositalar berdi

Germaniya xalqaro agentligi — GIZ Davlat bojxona qo‘mitasining «Yallama» chegara bojxona postiga qiymati salkam 100 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi bojxona nazoratining texnik vositalari taqdim etdi.

«Maktab tiklanmasa, bolalar hokimiyat binosida o‘qishadi». Sardor Umurzakov Sho‘rchida o‘quvchilar uyda o‘qitilayotganini tanqid qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sho‘rchida o‘quvchilar uyda o‘qitilayotganini keskin tanqid qildi. Tuman hokimiga hayfsan berildi, uning o‘rinbosari va XTB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi. «Zudlik bilan vaziyat o‘zgarmasa, bolalar hokimiyat binosida ta’lim olishadi», — dedi Sardor Umurzakov.

Tuproqsiz sun’iy muhitda o‘simliklarni yetishtirish uskunalarini sotib olishga subsidiya beriladi

Hukumatning tegishli qarori bilan gidroponika (tuproqsiz sun’iy muhit) usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi, jumladan, uskuna qiymatining 100 mln so‘mdan oshmagan qismini respublika budjetidan qoplab berishni ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Toshkentda suv toshishining yagona sababi yo‘l va ariqlarga chiqindi tashlanishi bilan bog‘liq — poytaxt hokimligi

2 noyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshishi kuzatildi. Shahar hokimligi ushbu toshqinlarga yagona sabab sifatida aholi tomonidan yul va ariqlarga tashlangan chiqindilarni ko‘rsatmoqda. Drenaj tizimining holati haqida esa ma’lumot berilmagan.

Qashqadaryoda ham kuchli yomg‘ir sabab yo‘llarga suv toshib chiqdi

Chorshanba kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir sabab Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qamashi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlaridagi ariqlar, lotoklar hamda boshqa suv o‘tkazish inshootlarida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari toshib chiqdi. FVV aholi va xonadonlarga ziyon yetmaganini ma’lum qildi.

«Permakrizis» Collins lug‘ati talqiniga ko‘ra yil so‘zi deb topildi

Collins English Dictionary tuzuvchilari «uzoq davom etadigan beqarorlik» ma’nosini anglatuvchi «permakrizis» atamasini yil so‘zi sifatida tanladi.

Onix savdosining birinchi kunida 28 mingdan ortiq shartnoma imzolandi

Chevrolet Onix avtomobili sotuvi boshlangan kuni 28 mingdan ortiq mijoz uni xarid qilish uchun shartnoma imzoladi (umumiy tuzilgan shartnomalar soni 30 mingta yaqin). Biroq, avtomobil «Uzavto Motors» vakili 2021 yilda aytganidek, 9−12 ming dollar emas, balki 13−16 ming dollar atrofida sotilmoqda.

Muzrabot tumani sobiq hokimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda Muzrabot tumanining sentabrda ishdan olingan sobiq hokimi Erkin Alimov davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanmoqda. U 4,2 gektar yerni qarindoshlariga rasmiylashtirgani, banklar ham uning qarindoshlariga 166 mlrd so‘mlik kredit ajratgani aytilmoqda.

Botir Kudratxodjayev harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi

Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimiga tayinlandi.

Prezident Administratsiyasi rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Kurbanov prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakovning o‘rinbosari — prezident protokoli rahbari lavozimiga tayinlandi.

Jahon inqirozlariga qarshi kurashish va inklyuziv bozor iqtisodiyotini qurish uchun O‘zbekiston islohotlarni davom ettirishi kerak

Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde «Gazeta.uz»ga taqdim etgan yangi maqolasida kambag‘allikni 2 baravarga qisqartirish va aholi jon boshiga daromadi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarning yuqori qismiga kirish uchun islohotlar muvofiqlashtirilishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi haqida yozadi.

Toshkentda YPX inspektori ogohlantirishlarga bo‘ysunmagan «Nexia-2» oynasini sindirdi

Tarmoqlarda Toshkentda YPX inspektori Nexia-2 avtomobili oynasini sindirayotgani aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB YHXB holatni haydovchi 4 marta ogohlantirishga bo‘ysunmagani va eshikni ichkaridan qulflab olgani bilan izohladi. Holat yuzasidan haydovchi jarimaga tortildi.

MB rahbari — budjet taqchilligi va inflyatsiyaning aloqasi haqida

Davlat xarajatlarining oshishi ortidan inflyatsiya prognozlardan yuqori darajada shakllanmoqda, dedi MB raisi. Regulyator budjet taqchilligi 4,2−4,5 foizga o‘sishini kutmoqda, hukumat esa 4% bo‘lishini e’lon qildi. Mamarizo Nurmuratov inflyatsiyani ushlab turishda budjet konsolidatsiyasining roli oshganini ta’kidladi.

Tojikiston bilan chegaradagi «Jartepa» bojxona postida 5−12 noyabr kunlari cheklov o‘rnatiladi

Samarqandning O‘zbekiston — Tojikiston chegarasidagi «Jartepa» chegara bojxona postida 5−12 noyabr kunlari fuqarolar va transport vositalari harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadi. Bunga binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgani sabab qilib ko‘rsatildi.

Hukumat limitga moslasha olmayotgani uchun deputatlardan budjet taqchilligining cheklangan miqdorini oshirishni so‘radi

Hukumat budjet taqchilligining amaldagi cheklangan miqdoriga moslasha olmayapti, shu bois parlamentdan uni 4 foizgacha oshirishni so‘radi, bu esa davlat xarajatlarining 8 trln so‘mga oshishini anglatadi. Jamshid Qo‘chqorovning aytishicha, kelasi yilgi budjet loyihasini tayyorlash ishlari qariyb yakuniga yetgan.

O‘zbekiston valyuta birjasida ilk marotaba fyuchers bitimlari imzolandi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) platformasida «Asakabank» va «Qishloq qurilish bank» ishtirokida ilk bor valyutaviy fyuchers shartnoma bitimlari tuzildi. Eskpiratsiya muddati noyabr oyida belgilangan kelishuvlar in-house elektron savdo maydonida tashkil etildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«O‘z hayotimni parvozlarsiz tasavvur qila olmayman». Ekipaj a’zolari — bulutlar orasida ishlash haqida

Uzbekistan Airways bu yil o‘zining 30 yilligini nishonlamoqda. Har yili aviakompaniya xizmatlaridan 2 mlndan ortiq kishi foydalanadi, samolyotlar esa dunyoning 50 dan ortiq shaharlariga parvoz qiladi. Uchuvchilar va bort kuzatuvchilari «Gazeta.uz»ga osmonda ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi.

JCH-2022: Mehmonlar uchun yaxshi, Doha uchun undan-da yaxshi

Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 18 kun qoldi. «Gazeta.uz» har to‘rt yilda bir bor o‘tkaziladigan asosiy futbol tadbiri ishtirokchilari bilan tanishtirishni boshlaydi.