O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35,8 mln kishiga yetdi

O‘tgan 9 oy davomida O‘zbekistonda doimiy aholi soni 549,7 mingga oshib — 35,8 mln kishini tashkil etdi. Qayd etilgan nikohlar soni pasayishi hisobiga ajralishlar ham kamaydi. Qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot etish holatlari esa keskin ko‘paydi.

Mirziyoyev Umurzakovga issiqxonalar muammosini zudlik bilan hal qilishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Sardor Umurzakovga issiqxonalar gazdan uzilgan holatni zudlik bilan ko‘rib chiqishni buyurdi. Payshanba kuni Energetika vazirligi shu kunning o‘zidayoq gaz ta’minoti tiklanganini ma’lum qilgandi, keyinchalik bu xabar o‘chirildi. Endi esa issiqxonalarda 1 kun ichida gaz tiklanishi aytilmoqda.

«2022−2023 yillarda hech bir issiqxona gazdan uzilmaydi». Sardor Umurzakov ham tadbirkorlar bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov ham tadbirkorlar bilan uchrashdi. Yakunda 2022−2023 yillarda hech bir issiqxonachi gazdan uzilmasligi, 28 oktabr kuni hamma issiqxonalar gazga ulanishi aytildi. Qaysi viloyatda issiqxonachilarga gaz berilmasa, tegishli Hududgaz rahbari ishdan bo‘shatiladi.

Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.

Prezident Yevropa Kengashi rahbari bilan iqtisodiyot va so‘z erkinligini muhokama qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, so‘z erkinligini ta’minlash hamda boshqa masalalarni muhokama qildi.

Yil boshidan buyon 395 ming rossiyalik, ularning yarmidan ko‘prog‘i so‘nggi uch oyda, O‘zbekistonga keldi

Joriy yilning 9 oyida 395 mingdan ortiq Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga keldi, ularning 80,5 foizi ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olingan. Ayni paytda, rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi uch oy ichida kirib kelgan.

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmati bo‘yicha JCH yarim finaliga chiqdi

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Fisher tasodifiy shaxmati bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. U islandiyalik grossmeysterni 4:0 hisobida, jahon chempionligiga nomzodni esa ikki marta mag‘lub etdi.

O‘zbekiston YeI bilan Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Yevropa kengashi rahbarlari kengaytirilgan sheriklik borasidagi bitim tezroq imzolanishiga umid bildirdi. Ular inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, Transkaspiy yo‘lagi orqali savdoni ko‘paytirishga kelishib oldi. Afg‘oniston tahdidlar manbaiga aylanmasligi kerakligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 1 noyabrdan 24/7 rejimida ishlashni boshlaydi

Milliy kutubxona 1 noyabrdan tunu-kun ishlay boshlaydi. Ushbu tartib kutubxonaning asosiy o‘qish zallariga joriy etilmaydi.

Qonun muqaddimasida unga o‘zgartirish kiritish zaruriyati, sabab va maqsadlari tushuntiriladi

Endi qonun loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish chog‘ida muhokama uning nomi, muqaddimasi, har bir moddasi bo‘yicha alohida-alohida o‘tkaziladi. Qonun muqaddimasida unga o‘zgartirish kiritish zaruriyati, sabab va maqsadlari tushuntiriladi.

Qashqadaryoda 35 ta tarixiy obida avariya holatida ekani aniqlandi

Bosh prokuratura Qashqadaryoda 18 ta madaniy meros obyektida noqonuniy qurilmalar o‘rnatilganini aniqladi. Shuningdek, tekshiruv davomida 382 ta tarixiy obidada muhofaza belgilari yo‘qligi, 35 tasi ta’mir talab holda ekani, 49 tasida sanitariya qoidalari buzilgani ma’lum bo‘ldi.

oktabr oyining so‘nggi kunlarida yomg‘ir yog‘adi

30−31 oktabr kunlari O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga yomg‘ir yog‘adi. Viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi mumkin. Harorat +10…+13 darajagacha pasayadi.

MB rahbari — valyutani yechib olayotganda banklar nega uning kelib chiqish manbasini tekshirishi haqida

Ayrim banklar $1000 dan ortiq valyutani yechib olishda ularning kelib chiqish manbalarini so‘ray boshladi. MB raisi buni naqd valyuta yetkazib beruvchi Nyu-York bankining talabi bilan izohladi. Shuningdek u, o‘tkazmalarning 60 foizi nega $10 ming yoki undan ko‘proq qiymatdagi tranzaksiyalar ekanini tushuntirdi.

Angrenda 60 dona sa’vani to‘r yordamida noqonuniy ovlagan 8 kishi jarimaga tortildi

Toshkent viloyatida Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari reyd tadbiri o‘tkazib, 8 nafar fuqaro 60 dona sa’vani to‘r yordamida noqonuniy ovlayotganini aniqladi. Ularning har biriga 3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Qushlar tabiatga uchirib yuborildi.

Fuqarolar maxsus planshetlar orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi

Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha planshetlar orqali elektron ro‘yxatga olish 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tajriba tariqasida tashkil etiladi.

Nukusda Cobalt haydovchisi mashina raqamini yechib olib, xavfli manyovrlar qildi

Qoraqalpog‘istonda haydovchi Cobalt mashinasining davlat raqamini yechib olib, yo‘lda xavfli manyovrlar qildi. Qoidabuzarga nisbatan protokol tuzilib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Yangiyo‘lda yuk mashinasi piyodani urib ketdi

Toshkent viloyatida MAN yuk mashinasi orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi.

ToshDAU kadrlarni boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etmoqda

Toshkent davlat agrar universiteti xorijiy mutaxassislar bilan kadrlar aktivlarini boshqarish tizimini ishlab chiqdi va auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazdi.

O‘zbek-tojik chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari tashkil etiladi

O‘zbekiston va Tojikiston xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochadi. Xususan, tomonlar yaqin kelajakda «Bekobod» punkti faoliyatini yangilashga kelishib oldi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

So‘nggi vaqtlarda og‘izdan tushmayotgan Finlyandiya ta’limining muvaffaqiyat siri nimada?

Prezident kelgusi o‘quv yilidan Qashqadaryodagi 48 ta maktabda Finlyandiya ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi. «Gazeta.uz» Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyat sirlari, fin va o‘zbek maktablarida o‘quv jarayonining o‘xshash va farqli jihatlari haqida tahliliy material tayyorladi.

«Yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi»

Ahmadjon Meliboyev 2019 yilda o‘zining maqolasida shunday deb yozgandi: Til — tirik, harakatchan vujud, u ham xuddi inson kabi parvarishga, e’tibor, mehrga muhtoj. Bu haqiqatni unutadigan bo‘lsak, yillar o‘tib o‘zbek tilini o‘rganish kurslarini boshqalar uchun emas, o‘zimiz uchun qayta tiklashimizga to‘g‘ri keladi.