O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi

2022−2023 yillarda O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyektlari, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarda «sanitariya inqilobi» ni amalga oshirish, ularni zamonaviy hojatxonalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh sentabrgacha ushbu obyektlarda o‘rganishlar olib boradi.

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Toshkentda chorshanba-payshanba kunlari ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lmagan 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron vaqtida arterial gipertoniya va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar ko‘proq aziyat chekadi, shu bois bu vaqtda kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda

Senat inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirish sohasidagi qonunchilik normalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Senatorlar a’zo va to‘qimalarni olish maqsadida odam o‘g‘rilash yoki odam savdosi xavfi bilan bog‘liq vatandoshlarning qo‘rquvi haqida ham so‘z yuritishdi.

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Prezident Toshkentdan Xojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlandi.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi

Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Qurilish vazirligi Boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Voxid Ibodullayev Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan tashqari, O‘ktam Pardayev Qashqadaryo viloyatining Kitob tumaniga hokim bo‘ldi.

O‘zbekiston bo‘ylab «sanitariya inqilobi» amalga oshiriladi

2022−2023 yillarda O‘zbekistondagi barcha sayyohlik obyektlari, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarda «sanitariya inqilobi» ni amalga oshirish, ularni zamonaviy hojatxonalar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh sentabrgacha ushbu obyektlarda o‘rganishlar olib boradi.

Futbol uchrashuvida tosh otgani uchun salkam 50 kishi hibsga olindi

Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston va Iroq yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi futbol bellashuvida tosh otgani uchun 47 kishi hibsga olinganini ma’lum qildi. 19 nafar muxlis ma’muriy javobgarlikka tortildi, 28 nafariga nisbatan esa tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash o‘yinlari yakuniga yetmasdan turib, muddatidan ilgari Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonlik sportchi Parij paralimpiadasi uchun ilk litsenziyani qo‘lga kiritdi

Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi bahslarida bronza hamda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston delegatsiyasiga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun birinchi litsenziyani taqdim etdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Qon topshir, hayotni saqla

Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar qonni hamma joyda ham ololmaydi. «Qon topshirish — birdamlik harakatidir. Donorga aylaning va hayotlarni saqlab qoling» — bu Butunjahon donorlar kuni chaqiruvidir. O‘zbekistonda qon topshirish mumkin bo‘lgan manzillar — «Gazeta.uz» materialida.

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, «fuqaro» atamasidan voz kechishgacha

Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirish, «fuqaro» atamasini «vatandor» ga almashtirish, qo‘shfuqarolik va qo‘shxotinlikka ruxsat berish, Bosh prokuraturani Adliya vazirligiga qo‘shib yuborish, hokimlar va senatorlarni saylash — Konstitutsiya bo‘yicha yuborilayotgan takliflar haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.