Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashdi

Viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan talab yuqori bo‘lgan yerlar bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazadi. Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish muddati 3 ish kuni etib belgilandi. Bundan tashqari, tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, zakalat puli to‘lashdan ozod etiladi.

Toshkent shahar hokimligi — muzeylarni rekonstruksiya qilish uchun loyihachi va pudratchi tendersiz tanlangani to‘g‘risida

Toshkent hokimligi Turkiyaning Outdoor Factory kompaniyasi nima uchun poytaxtdagi uchta davlat muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchilik ishlarini bajarish huquqini tendersiz olganini tushuntirdi.

Toshkent shahar hokimligi ko‘p qavatli uylarning eskirganini tekshirmoqda

Toshkent shahar hokimligi 12 mingta ko‘p qavatli uyning eskirganlik darajasini o‘rganmoqda. Inventarizatsiya uch oyda yakunlanishi va kamchiliklarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Yana bir hokim yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi hokim yordamchisi tadbirkordan 35 ming dollar pora olayotgan vaqtida ushlandi.

Antikorrupsiya agentligi Turizm vazirligidan madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilishi sabablarini bartaraf etishni so‘radi

Antikorrupsiya agentligi «Kultepa», «Vardonze yodgorligi» va «Quloqtepa» madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zarar sabablarini bartaraf etishni so‘rab, Turizm va madaniy meros vazirligiga taqdimnoma kiritdi. Agentlikning ta’kidlashicha, qonunbuzarliklarga Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya qilinmagani va yetarli nazorat o‘rnatilmagani sabab bo‘lgan.

Iste’molchilarga yil boshidan buyon 72,3 mlrd so‘m keshbek qaytarildi

Soliq qo‘mitasi yanvar-mart oylari uchun iste’molchilarga yana 4,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berdi. Yil boshidan buyon iste’molchilarga to‘langan summa 72,3 mlrd so‘mga yetdi.

Mass-media fondi AOKAni OAV va kinolarda namoyish etilayotgan ayol siymosini o‘rganishga chaqirdi

Mass-media fondi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligiga murojaatida O‘zbekistonda e’lon qilinayotgan yangilik, tok-shou va kino mahsulotida ayol siymosining «mamlakat gender siyosati va xalqaro talablarga» muvofiqligini malakali ekspertizadan o‘tkazishni so‘ragan.

Korxonaning oxirgi benefitsiarini oshkor qilishni qonun hujjatlariga kiritish taklif etilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, ayrim korxonalar o‘zlarining oxirgi benefitsiar egalarini oshkor qilishlari talab etiladi. Shuningdek, vazirlik ushbu qonun korrupsiya va pul yuvishga qarshi kurashda qanday yordam berishini tushuntirdi.

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilishga 75 milliard so‘m sarflanadi

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qiymati 75 milliard so‘mni tashkil etadi. obyektlar orasida Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Amir Olimxon madrasasi, Tolipoch qal’asi qoldiqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi yodgorliklar bor.

Talabalar turar joylari qurmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 50% subsidiya beriladi

avlat xususiy sherikchilik asosida talabalar turar joylarini qurishni istagan tadbirkorlarga bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi. TTJlar loyihasi tender orqali aniqlanadi.

Qashqadaryoning 2 tumanida maktab qizlari o‘z joniga qasd qildi

Qamashi tumani va Qarshi shahrida maktabda o‘qiydigan qizlar o‘zini osib, vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda prokuratura ushbu holatlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

«Qamchiq» dovonida sel sababli qulab tushgan tayanch ustuni qayta tiklandi

4 may kuni kechasi «Qamchiq» dovonida kuzatilgan sel oqibatida poyezdni elektr quvvati bilan ta’minlovchi tayanch ustuni qulab tushgan. Tezkor shtab tomonidan elektr tayanch ustuni va yo‘l ostidan qo‘shimcha sel o‘tkazgich qurildi.

2021 yilda maktab direktorlari eng ko‘p majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan

Davlat mehnat inspeksiyasi 2021 yilda mehnat bilan bog‘liq 52,5 mingta qonunbuzilish holatlarini aniqladi. 75 nafar mansabdor shaxs majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygani uchun jarimaga tortilgan. Ularning orasida eng ko‘pi maktab direktorlari bo‘lgan.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Toshkentda daraxtlarni kesishayapti — Mo‘ynoqda esa bitta bargning ham qadri baland»

Mo‘ynoqda bo‘lib o‘tayotgan Stixiya musiqiy festivali doirasida mahalliy turoperator Dilfuza Kutlimurotova Orolbo‘yi hududiga bir marta kelgan odam tabiatning qadriga yetib ketishini ta’kidladi. «Toshkentda daraxtlarni kesishayapti — Mo‘ynoqda esa bitta bargning qadri baland, hattoki bolalar teginmaydi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida bu yerda na suv, na elektr energiya, na yo‘l bo‘lgan. 2017 yildan beri tumanda infratuzilma yaxshilanishi ortidan mahalliy aholi bilan birga turistlarning ham soni orta boshlagan.

Energiya iste’moli deyarli nolga teng bo‘lgan uy — u qanday qurilgan?

Energiya samarador uy — bu qanday uy? Juda kam miqdorda energiya iste’mol qiladigan, o‘z iste’moli uchun energiyani o‘zi ishlab chiqaradigan, issiq suv bilan ta’minlangan va issiqlikni yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq yoki shahar turar-joy binosini tasavvur qiling. O‘zbekistonda ilk bor ana shunday namunaviy uy BMTTD va GEF mablag‘lari hisobidan Nurafshonda qurib bitkazildi.