6-may kuni soat 10:41 da Samarqand viloyatining Urgut tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi 4 ga teng. Chuqurlik — 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 263 km janubi-g‘arbda.

Yer qimirlashi viloyatning Urgut, Bulung‘ur, Samarqand, Toyloq tumanlari va Qashqadaryoning Kitob, Shahrisabz tumanlarida 2 ball ko‘rinishida sezildi.

Eslatib o‘tamiz, 5-may kuni tushdan so‘ng Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida ham 3 balli zilzila yuzaga kelib, uning kuchsiz ta’siri Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida sezilgandi.