17 yoshli Nodirbek Abdusattorov tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov yakunda rossiyalik raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi. Endi u 60 000 dollarga ega bo‘ladi.

Bayram kunlari poytaxt jamoat transporti qay tartibda ishlaydi?

«Yangi yil» bayrami munosabati bilan dam olish kunlari poytaxtda avtobuslar va metro harakati vaqti o‘zgaradi. Jumladan, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi jamoat transporti harakati 1 soatga uzaytiriladi. 5 yanvarga qadar ular yakshanba kuniga mo‘ljallangan jadval asosida faoliyat yuritadi.

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

Jizzaxdagi bino qulashi ortidan viloyat hokimining ishdan bo‘shatilgan o‘rinbosari Akram Rahmonqulov bir qancha jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va 111,5 mln so‘m jarimaga tortish jazosi tayinlandi. Jinoyat ishi doirasida jami 27 kishi, jumladan, Akram Rahmonqulovning to‘rt nafar ukasi va o‘g‘li javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa 5 yanvardan boshlab to‘lab beriladi

Amaldagi tartibga ko‘ra, pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan oyning 27 sanasiga qadar amalga oshiriladi. Pensiya jamg‘armasi Yangi yil arafasida o‘zbekistonliklar 5 kun dam olishini hisobga olgan holda, 5−6 yanvardan pensiya va nafaqa to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi 477,9 mln so‘mga KIA Sorento Comfort avtomobili xaridi bo‘yicha shartnomani bekor qildi

Sirdaryo viloyati hokimligining 477,9 mln so‘mga KIA Sorento Comfort xizmat avtomobili xaridi bo‘yicha shartnomasi bekor qilindi. Ushbu mablag‘ esa «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga yo‘naltirilgan. Holat bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosariga «hayfsan» berildi.

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan bo‘shatildi

Karmana tumani xalq ta’limi bo‘limining mudiri vazifasini bajaruvchi, metodisti va bosh hisobchisi chet tili o‘qituvchilariga darslik sotib olishi uchun tarqatilayotgan 1 mln so‘mni naqd ko‘rinishda bergani, qolaversa, 60 ming so‘mlik darsliklarni 483 ming so‘mdan sotgani uchun ishdan bo‘shatildi.

Buxoroda ayol qariyb 40 kishiga OITS yuqtirgani uchun 6,5 yilga qamaldi

Buxoro viloyatida OITSga chalinganini bila turib 4 yil davomida qariyb 40 kishiga kasallikni yuqtirib kelgan ayol aniqlandi. Sud hukmiga ko‘ra, unga 6 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tumanli ob-havo O‘zbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini chekladi

Namangan va Andijon aeroportlari quyuq tuman tushishi tufayli reyslarni qabul qilmayapti, ko‘rish masofasi 50 metrga yaqinni tashkil etmoqda. Reyslar esa eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltirilmoqda.

O‘zbekiston 11 oyda Qozog‘istonga 28,6 mingdan ziyod yengil avtomobil eksport qildi

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston eksport qilgan yengil avtomobillarning 94,47 foizi Qozog‘iston hisobiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Ukraina (744 ta), Rossiya (448 ta), Ozarbayjon (253 ta), Tojikiston (72 ta) va Qirg‘izistonga (30) mashinalar yetkazib berilgan.

Ahmad Donish ko‘chasidagi yo‘lning cho‘kish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

DXX tomonidan Ahmad Donish ko‘chasidagi cho‘kish tufayli davlatga 4,5 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi va poytaxt hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi mansabdorariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yakkasaroydagi qurilish binosidan snaryad va minomyotlar topildi

Yakkasaroy tumanida joylashgan qurilish obyektida ikki donadan 115 mmlik o‘quv snaryadi va 82 mmlik o‘quv minomyoti topildi. IIBB o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Milliy gvardiya 1200 ga yaqin bolaning asrab olinishiga yordamlashdi

Yetim bolalarni tarbiyalashning yangilangan tizimi joriy etilganidan so‘ng to‘rt oy ichida 7 ta Mehribonlik uyi va 3 ta bolalar shaharchasi yopildi. Bolalar asrab olingan, qarindoshlari qaramog‘iga olingan yoki oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanmoqda.

O‘zbekistonda AES qurish loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda — Rossiya elchisi

O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari mamlakatda AES qurish loyihasini qizg‘in muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi uni amalga oshirishda qanday qiyinchiliklar borligiga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, RFning boshqa mamlakatda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham AES qurishiga qarshi ta’sirlar bo‘lmoqda.

Ra’no Jo‘rayeva — Toshkent aeroportida taksichilar muammosi qanday yechilishi haqida

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroporti yaqinida xususiy takchisilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarni shahar markazigacha tashishni tashkil etishga xalal berayotgan muammolarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchilar o‘rtasida tender o‘tkazilmayotgan, aeroport oldi hududlarining hokimiyat balansida ekani hamda kunu tun ishlaydigan jamoat transportining mavjud emasligi bilan bog‘liq.

Nodirbek Abdusattorov — jahon chempionatidagi g‘alabasi, Karlsenning so‘zlari va Qosimjonov bilan taqqoslashlari haqida

Rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ishtiroki, Magnus Karlsenning so‘zlari haqida fikr bildirdi hamda Rustam Qosimjonov bilan taqqoslanishiga javob berdi.