O‘zbekiston «Rosatom» bilan AES qurish xarajatlarini kamaytirish masalasini muhokama qilmoqda, dedi energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev. «Agar stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasining narxi boshqa manbalar bilan raqobatbardosh bo‘lmasa, loyihani davom ettirishdan ma’no yo‘q», — dedi u.
Qirg‘iziston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi Qirg‘iziston kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekani bildirilgan memorandumni imzoladi.
7,5 yilga qamalgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov, 477,9 mln so‘mlik KIA Sorento xaridini bekor qilgan Sirdaryo hokimligi, 40 kishiga OITS yuqtirgan buxorolik ayol, bayram kunlari ish vaqti uzaytirilgan jamoat transporti, O‘zbekistonda quriladigan AES va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 29 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari mamlakatda AES qurish loyihasini qizg‘in muhokama qilishda davom etmoqda. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi uni amalga oshirishda qanday qiyinchiliklar borligiga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, RFning boshqa mamlakatda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham AES qurishiga qarshi ta’sirlar bo‘lmoqda.
MAGATE yo‘riqnomasi asosida O‘zbekiston AES obektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqildi. Hujjat loyihasiga ko‘ra, AES direktori energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida 8 yillik mehnat staji, AESda 5 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish masalasi loyihaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, yashil energetikaga sarmoya kiritish bo‘yicha ko‘plab takliflarni hisobga olgan holda ham, uning shaffofligi nuqtai nazaridan ham ko‘rib chiqilmoqda. «Biz nafaqat O‘zbekiston, balki mamlakatimiz bilan chegaradosh qo‘shni davlatlar jamoatchiligining ham bu masalaga munosabatini o‘rganamiz», — dedi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov.
Yadro infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha XAEA missiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilish loyihasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatlarga erishgan, ammo shunday bo‘lsa-da, yadro xavfsizligi bo‘yicha yana bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi kerak.
Dunyo atom elektr stansiyasi tarixidagi eng yirik va og‘ir oqibatlarga olib kelgan texnogen avariya — Chernobil AESdagi portlash hisoblanadi. Hodisa oqibatida 200 ming kvadrat kilometrdan ortiq maydon radioaktiv ifloslanish ta’siriga uchragan. Fojea oqibatida nurlanishning uzoq muddatli ta’siridan 4000 ga yaqin inson vafot etganligi aytiladi. Mudhish avariya haqida qisqacha tafsilotlar.
Atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalalari muhokama qilinmoqda, deya xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev.
Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES uchun tanlangan reaktor bugungi kun uchun eng xavfsiz ekanini ta’kidladi. U Chernobil va Fukusima atom stansiyalaridagi avariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hamda «eritmani ushlab turuvchi» qurilmasi mavjud yagona reaktor hisoblanadi.
Belarusda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirilganidan 3 kun o‘tib avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, radiatsiya tarqalishi kuzatilmagan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting