Kecha, 5 avgust kuni O‘zbekistonda qariyb 1000 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Umumiy infeksiya qayd etilganlar soni 134 826 ga yetdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Kasallanish holatlarining yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (125), Jizzax viloyati (110), Surxondaryo viloyati (105), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (103) va Farg‘ona viloyatida (96) qayd etilgan.


6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan, kasallikdan vafot etganlar soni 916 nafarni tashkil qilgan.


5 avgust holatiga ko‘ra, 547 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan. Jami kasallikka chalingan bemorlar soni 13 531 nafarga yetdi. 3 nafar bemor pnevomoniyadan vafot etgan.