O‘zbekistonlik erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U shohsupaga ko‘tarilish uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu bosqichda Abdurahmonovga 2019 yilgi JCH sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ymoqda.

Shu tariqa O‘zbekiston hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi. Xabar e’lon qilingan vaqtda O‘zbekiston medallar jamg‘arish reytingida 32-o‘rinda bormoqda.