Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:

  • «Qizil» toifadagi hududga — Toshkent shahri;
  • «Sariq» toifadagi hududlarga — Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.

Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘ni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.