Mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:

  • kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
  • 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga ular tomonidan diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
  • Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, 28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘ni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.

Koronavirus bilan kasallanish holatlarining oshishi sababli Toshkent shahri “qizil” toifadagi hudud deb belgilandi.