Oxirgi yillarda Dubay xalqaro madaniy hayot markaziga aylandi: shaharda har qanday didga mos keladigan galereyalar, muzeylar, ko‘rgazmalar va installyatsiyalarni topish mumkin. Amirlikning badiiy sahnasi nafaqat mintaqadagi boshqa mamlakatlardan, balki butun dunyodan iste’dod sohiblarini jalb qiladi. Bundan tashqari, bu yerda mahalliy rassomlar ham har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi. Shaharning ijodiy muhiti eklektik va rang-barang, bu yerda an’anaviy rang-tasvir muxlislari ham, o‘ta zamonaviy 3D-art ishqibozlari ham zerikmaydi. Agar san’at sizning asosiy qiziqish sohangiz bo‘lsa, Dubay iqtisodiyot va turizm departamenti tashrif buyurish uchun bir nechta joy variantlarini taklif qiladi.

Badiiy galereyalar va markazlar

Al Quoz — sobiq sanoat zonasida joylashgan Alserkal Avenue zamonaviy san’at galereyalari hamjamiyati, u sayyohlar va shaharliklarning sayr qiladigan sevimli maskaniga aylangan. Bugun u shaharning eng mashhur madaniy hududlaridan biri hisoblanadi, bu yerda muntazam ravishda ko‘rgazmalar, pablik-tolklar, mahorat darslari, kinonamoyishlar va festivallar o‘tkaziladi. Shuningdek, bu yerda mahalliy moda brendlarining butiklari, shinam restoranlar va kichik qahvaxonalar faoliyat ko‘rsatadi.

Jameel Arts Centre — Jadafa sohilida joylashgan san’at markazi shaharning ko‘rkam hududi bo‘lib, unda endigina o‘z faoliyatini boshlagan yoki allaqachon mashhurlikka erishgan mahalliy va xorijiy rassomlarning asarlarini tomosha qilish mumkin. Markaz binosida joylashgan minimalistik uslubdagi Teible novvoyxonasi Michelin Bib Gourmand va Green Star mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Uni bemalol alohida diqqatga sazovor joy deb aytish mumkin.

reklama, visit dubai

Dubai Design District — ushbu hudud modelerlar, dizaynerlar va rassomlar uchun ikkinchi uyga aylangan. Bu yerda muntazam ravishda ko‘rgazmalar, festivallar va musiqiy chiqishlar o‘tkaziladi. Shuningdek, D3`da — ko‘pchilik bu yerni qisqacha shunday ataydi — graffiti va yorqin freskalar chizilgan butun bir devor mavjud. Bundan tashqari, ko‘p sonli restoranlar, butiklar va sport musobaqalari mehmonlarni befarq qoldirmaydi.

Immersiv shoular va maydonlar

TODA — Dubaydagi art-maydonlar nafaqat ijodiy yondashuvi bilan, balki zamonaviy texnologiyalari bilan ham kishini hayratga soladi. Agar mashhur mo‘yqalam sohiblarining asarlari qanday jonlanishini ko‘rishni istasangiz, Madinat Jumayra hududida joylashgan TODA raqamli teatriga, albatta, tashrif buyurgan ma’kul. Bu yerda klassik san’at asarlari yorqin vizual taassurot qoldiruvchi va hajmli tovushga ega raqamli shouning bir qismiga aylanadi.

Installyatsiyalar muxlislari uchun yana bir hayratga soluvchi joy — bu AYA Universe muzeyi. Raqamli texnologiyalar yordamida yaratilgan har bir zal o‘z tarixini hikoya qiladi. Bu yerga tashrif buyuruvchi mehmonlarning aksariyati bu tajribani “Avatar” filmlaridagi kabi koinotga sayohat bilan tenglashtiradi.

reklama, visit dubai

Arte — Koreyaning d’strct raqamli dizayn kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan ushbu interfaol muzey qariyb 2800 kv. m maydonni egallagan. Bu yerda “mangu tabiat” mavzusi bilan birlashtirilgan 14 ta zona mavjud, ularda taqdim etilgan ishlar Dubay landshafti va madaniy muhitiga yaqin, zamonaviy texnologiyalar esa mehmonlarga o‘zini shunchaki kuzatuvchi emas, balki raqamli installyatsiya ishtirokchisi sifatida his qilish imkonini beradi.

Al-Faxidiy tarixiy hududi Dubayning “yuragi” hisoblanadi. Bu yerning har bir burchagida sizni badiiy kashfiyotlar kutadi. Ko‘plab xususiy galereyalar va uncha katta bo‘lmagan muzeylar amirlik tarixi va uning aholisi haqida hikoya qiladi. Barjil shamol minoralari va eski uylardan iborat hududning an’anaviy arxitekturasi esa rang-barang freskalar uchun ajoyib manzara.

reklama, visit dubai

Bepul art-maydonlar

Dubay ko‘chalari bo‘ylab oddiy sayr ham sizni san’at olamiga yetaklaydi. Shayx Muhammad ibn Rashid xiyobonida ko‘cha haykallari to‘plami o‘rnatilgan. Otlar, tuyalar, ulkan qanotlar — har bir shakl e’tiborga va fotoalbomingizdan joy olishga munosib. Agar graffiti muxlisi bo‘lsangiz, unda Jumeirah Beach Road bo‘ylab sayr qilishingiz mumkin. Dubayning eng mashhur ko‘chalaridan birini 30 ta mahalliy va xorijiy rassomlarning asarlari bezab turibdi. Raqamli art ishqibozlari uchun Dubai Festival City Mall majmuasida Imagine multimedia shousi tashkil qilinadi. Har kuni kechqurun kishini lol qoldiruvchi maxsus effektlar yuzlab tomoshabinlarning yuraklarini tez urishga majbur qiladi.

San’atga oshiqlar uchun mehmonxonalar

Hotel Indigo Dubai Downtown — mehmonxona D3 hududiga yaqin joylashgan bo‘lib, shahardagi galereyalar va art-maydonlarni o‘rganishni boshlash uchun ajoyib boshlang‘ich nuqtaga aylanadi. Uning ichki jihozlanishi ham sizni befarq qoldirmaydi: jamoat joylarida va Indigo xonalarida 200 dan ortiq san’at asari qo‘yilgan. Bu yerda mehmonlarga badiiy turlar taklif etiladi, konseptual butikda esa biror qiziqarli buyumni xarid qilish mumkin.

reklama, visit dubai

ME Dubai by Meliá — mehmonxona mashhur Opus Building minorasida joylashgan. Uni mashhur iroqlik-britaniyalik arxitektor Zaxa Hadid loyihalashtirgan, shu bois mehmonxonaning o‘zini ham san’at asari deyish mumkin. Keng atriumlar, to‘lqinsimon maydonlar va minimalistik, ammo shu bilan birga, hashamatli interer san’at va zamonaviy arxitekturani qadrlovchi kishilarni befarq qoldirmasligi shubhasiz.

reklama, visit dubai

Bo‘lajak tadbirlar: World Art Dubai

World Art Dubai zamonaviy san’at yarmarkasi shaharda ilk bor 2015-yilda o‘tkazilgan. Bu yil u 2−5-may kunlari jahon savdo markaziga qaytadi. Unda 4000 dan ortiq san’at asari, 50 ta mamlakatdan 300 ta galereya va rassomlar taqdim etilishi kutilmoqda.

Dubayning madaniy hayoti to‘xtamaydi: diqqatga sazovor ko‘rgazmalar, galereyalarning shov-shuvli ochilish marosimlari va jahon miqyosidagi unutilmas badiiy shoular bu yerda yil bo‘yi o‘tkaziladi. Faqat o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lgan tadbirni tanlash va bir umr xotirada qoladigan art-sayohatga yo‘l olish qoladi, xolos.

Sayt: visitdubai.com

Reklama huquqlari asosida.