Sog‘liqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, avvalroq 50 yoshdan oshgan fuqarolar hamda OTM professor-o‘qituvchilarini emlash boshlangani haqida xabar berilgan edi.

27 apreldan boshlab o‘rta maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni vaksinatsiya qilish jarayonlari boshlangan edi.