Prezident Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik sohasidagi maxsus vakolatli organ etib belgilashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Tashkilot sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqandda 4-qavatdan tushib ketgan qizchani qutqarib qolgan to‘rt yigitga noutbuklar sovg‘a qildi va til kurslari xarajatlarini qoplab beradigan bo‘ldi.
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i 1,6 mln so‘m jarimaga tortildi. Bunga agentlikning 2 ta tumandagi boshliqlariga dam olish kunida qo‘ng‘irog‘iga javob bermagach, tushuntirish xati yozdirgani sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda internetda o‘zbek tilidagi sifatli ma’lumotlarni ko‘paytirish va iqtidorli talabalarni munosib rag‘batlantirishga qaratilgan WikiStipendiya marafoniga start berildi. O‘zbekcha Vikipediyaning eng faol muharrirlari 50 mln so‘mgacha bir martalik stipendiyani qo‘lga kiritishi mumkin. Aprel oyida Vikipediyaning o‘zbekcha sahifalari 14,6 mlndan ortiq marotaba ko‘rilgan.
1-maydan beri 2848 nafar yoshlarga xalqaro imtihonlar uchun xarajatlari kompensatsiya qilindi. Bunda jami 5 mlrd 218 mln so‘mdan ortiq xarajat qoplab berilgan. Kompensatsiya olganlarning qariyb 92% IELTS imtihonini topshirgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p kompensatsiya Toshkent shahri yoshlariga to‘langan.
18 dekabr kuni Istanbulda «O‘zbekiston yoshlari forumi — Turkiya» o‘tkaziladi. Forum ishtirokchilarining loyihalarini yoshlarga doir qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston hukumati qarori uchun taklif sifatida kiritish mo‘ljallangan.
Yoshlar ishlari agentligining xabar berishicha, 18 dekabrdan 25 dekabrgacha «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Forumdan maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish ekanligi aytildi. Takliflar yoshlarforumi.uz platformasida e’lon qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi takliflari hukumatga olib kiriladi.
Madaniyat vazirligi TikTok Fest konserti yuzasidan munosabat bildirib, u yoshlar ongi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir qiladi, deb hisoblashini ma’lum qildi. Qolaversa, bu kabi konsertlarga vazirlik emas, balki IIV va hokimiyat mas’ul ekani aytildi. Ëshlar ishlari agentligi esa konsert dasturi bekor qilinganini qayd etdi.
Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, joriy yil Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etiladigan Yoshlar media xoldingiga 46 mlrd so‘m ajratish taklif qilindi. Byudjet hisobidan moliyalashtirish miqdorini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Hukumat qarori bilan Sarvar Ashurov va Dilnozaxon Kattaxanova Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Prezident qarori bilan Yoshlar Ittifoqi raisi lavozimida ishlab kelayotgan va eng yosh Senat a’zosi Alisher Sa’dullayev yangi tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi direktori etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting